Albaniya — Isroil munosabatlari
Albaniya va Isroil aloqalari. Mamlakatlar oʻrtasida diplomatik aloqalar 1991-yil 20-avgustda oʻrnatilgan. Albaniya 1949-yilda Isroil davlatini tan olgan[1]. Albaniyaning Isroilning Ramat Gan shahrida, Isroilning esa Albaniyaning poytaxti Tirina shahrida elchixonasi mavjud[2].
Diplomatik munosabatlar tarixi
tahrir1999-yilda Isroil Kosovo urushi paytida Kosovodan 100 dan ortiq alban qochqinlarini qabul qilib, ularga gumanitar yordam ko'rsatgan[3].
2006-yil noyabr oyida Albaniya harbiylari Janubiy Livandagi tinchlikparvar kontingentning bir qismi sifatida qatnashdi va u yerda Italiyaliklar bilan birgalikda Isroil va Livan o'rtasida tinchlik jarayonini ta'minladilar.
2011-yil iyun oyida Isroil Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman Albaniyaga rasmiy tashrif bilan borgan va u yerda Prezident Bamir Topi, Bosh vazir Sali Berisha, Tashqi ishlar vaziri Edmond Xadjinasto va parlament spikeri Jozefina Topali bilan uchrashgan. Vazir Liberman ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.
Albaniyadagi yahudiylarning tarixi
tahrir1939-yilgacha Albaniyada 200 ga yaqin yahudiy yashagan. 1942-yilgacha Berlindagi Albaniya elchixonasi fashistlar Germaniyasidan qochgan yahudiylar uchun vizalar taqdim etgan.
Albaniyada Ikkinchi Jahon urushidan so'ng, yahudiylar soni urush boshlanmasdan oldingi soniga qaraganda ko'pchilikni tashkil etdi[4][5][6] . Buning asosiy sabablari Yevropaning Bolqon yarim orolidagi yahudiylarning ko'pi ikkinchi jahon urushi vaqtida Albaniyaga ko'chib o'tganliklari va Albaniya yahudiylarga katta gumanitar yordam, jumladan oziq-ovqat, uy joy bilan ta'minlagan va yahudiylarni do'stona ruhda kutib olganliklari asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
Albanlar nafaqat o'z mamlakatida yashovchi yahudiylarini himoya qilgan, balki qo'shni davlatlardan kelgan yahudiylarga boshpana bergan[7]. Albanlar mamlakatda yashovchi yahudiylar ro'yxatini tuzishdan bosh tortganlar. Aksincha buning o'rniga ular yahudiy oilalariga soxta hujjatlar bilan yordam berishgan[8]. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, boshqa Bolqon davlatlaridan kelgan 1200 ga yaqin yahudiy qochqinlar Ikkinchi Jahon urushi paytida alban oilalari bilan yashiringanlar[9]. Tarixning ushbu kechinmalari sabab Albaniya va Isroil davlatlari o'rtasida o'zaro iqtisodiy va siyosiy aloqalar o'rnatilgan.
Shuningdek
tahrir- Albaniyada yahudiylik
Manbalar
tahrir- ↑ Albania and Israel in Accord To Establish Diplomatic Ties — New York Times
- ↑ „Overseas Embassies and Consulates of Albania“. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.
- ↑ „Israeli aid around world disasters“. 2007-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-iyun.
- ↑ Sarner. Rescue in Albania: One Hundred Percent of Jews in Albania Rescued from the Holocaust, 1997.
- ↑ «Muslim Family Who Hid 26 Jews in Albania from the Nazis Honored by ADL» [Anti-Defamation League|„Архивированная копия“. 2009-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 19-yanvar.]
- ↑ Escape Through the Balkans: the Autobiography of Irene Grunbaum (University of Nebraska Press, 1996)
- ↑ Jews had a 100 % survival rate in Albania during the one year Nazi occupation:City-Journal.org/„アーカイブされたコピー“. 2009-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 19-yanvar.
- ↑ [«What’s New at Yad Vashem»|„アーカイブされたコピー“. 2009-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-noyabr.] yadvashem.org. Retrieved on 2009-01-02.
- ↑ „Israeli Historians Study How Albanian Jews Escaped Holocaust“. 2008-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.