Albaniyadagi inson huquqlari – muammolariga oiladagi zoʻravonlik, qiynoqlar va politsiya zoʻravonligi holatlari, qamoqxonadagi umumiy sharoit, odam va jinsiy savdo, LGBT huquqlarining buzilishi kiradi.

Tarixi

tahrir

Anvar Xoʻja (1944–1985) davrida kommunistik Albaniya Sharqiy Yevropadagi eng repressiv mamlakatlardan biri hisoblanardi, ammo 1992-yildan boshlab Demokratik partiya[1] boshchiligida bir qator liberallashtirish boʻyicha islohotlar amalga oshirilgan.

Odam savdosi

tahrir

Odam savdosi Albaniyada inson huquqlarining buzilish holatlaridan biri hisoblanadi. Kommunizmning qulashi odam savdosining oʻsishiga olib keladi, jabrlanganlarning aksariyati fohishalik bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan ayollardir[2].

Albaniyada asosan ayollar va bolalar jinsiy ekspluatatsiya maqsadida sotiladigan mamlakatdir. Bundan tashqari, mamlakat odam savdosi uchun tranzit mamlakat vazifasini ham oʻtaydi. Hukumat odam savdosiga qarshi kurashishga maʼlum darajada intilishini namoyish etgan boʻlsa-da, odam savdosini cheklash boʻyicha minimal standartlarga toʻliq rioya qilmagani va guvohlarni himoya qilish boʻyicha samarali choralar ishlab chiqmagani uchun tanqidga uchragan[3].

Rasmiylar tomonidan olib borilgan qiynoqlar

tahrir

1994-yil boshidan beri Amnesty International alban politsiyasi xodimlari hibsga olish yoki hibsda saqlash paytida odamlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganligi va baʼzi mahbuslar hatto vafot etgani haqida xabarlar olgan. Maʼlum qilinishicha, hibsga olinganlar koʻpincha jarohat olgan (koʻkarishlar, singan tishlar, kesilgan joylar), ularning baʼzilari kasalxonaga yotqizilishini talab qilgan. Baʼzi shafqatsiz muomala holatlari qiynoqqa solish sifatida qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarliklarning aksari Sotsialistik partiya aʼzolari yoki tarafdorlariga qarshi qaratilgan edi. Jabrlanganlar orasida gomoseksualchilar, yunon ozchiliklari va sobiq siyosiy mahbuslar bor. Politsiya xodimlarini qiynoqqa solish yoki shafqatsiz munosabatda boʻlish uchun sudda taʼqib qilish kam uchraydi[4].

Bundan tashqari, Amnesty International bugungi kunda ham Albaniyada qiynoqlar va hibsga olinganlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlari keng tarqalganligini taʼkidlaydi[5].

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va kamsitish

tahrir

Qishloq joylarda ayollarning 60% ga yaqini jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlikdan, 8% ga yaqini esa jinsiy zoʻravonlikdan aziyat chekadi. Aholini himoya qilish choralari koʻpincha ishlamaydi. 2014-yilda Albaniya Xelsinki qoʻmitasi ayol qurbonlar soni hali ham yuqori ekanligini maʼlum qilgan[6].

Diskriminatsiyaga qarshi kurash boʻyicha komissar oilani roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq ayollar huquqlaridan xavotir bildirgan. Natijada, oila boshliqlari, asosan, erkaklar, turmush oʻrtoqlarining ruxsatisiz oilaning yashash joyini oʻzgartirish huquqiga ega[6].

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik

tahrir

2015-yilda UNICEF maʼlum qilishicha, bolalarning 77 foizi oiladagi zoʻravonlikning qandaydir koʻrinishlariga duchor boʻlgan. Yuzlab bolalar vatanda va hatto chet elda tilanchilik qilishga yoki boshqa majburiy mehnatga mahkum qilinmoqda[6].

Qasos olish qoʻrquvi

tahrir

Kamida 70 ta oila repressiyadan qoʻrqib ixtiyoriy hibsga olingan[6].

Yunon ozchiligiga nisbatan inson huquqlarining buzilishi

tahrir

Albaniyada inson huquqlari, huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga koʻra, politsiya va maxsus xizmatlar yordamida yunon ozchiligini taʼqib qilayotgan hukumat tomonidan buzib kelinmoqda[7]. Janubiy Albaniyadan Shimoliy Epirus yunonlariga etnik hujumlar natijasida yunon jamoalarining uylari vayron qilingan[8]. Shuningdek, International Amnesty tashkilotiga koʻra, rasmiylar tomonidan yunon ozchilik vakillariga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlish holatlari kuzatilgan[4].

Bundan tashqari, etnik yunon ozchilik hukumatning kommunistik davrdagi „ozchilik zonalari“dan tashqaridagi etnik yunon shaharlarini tan olishni istamasligidan, rasmiy hujjatlarda va etnik yunon hududlarida davlat belgilarida yunon tilidan foydalanishni yoki koʻproq etnik greklarni jamoat joylarida boʻlishini istamasligidan shikoyat qilgan[9][10][11][12][13][14][15][16][17]. 2008-yilda hukumat Himara mintaqasida yunoncha emas, alban va ingliz tillarida yozilgan bir qancha yangi yoʻl belgilarini oʻrnatgan. Himara shahrining etnik grek meri belgilarni olib tashlashni buyurgan, ammo hukumat uni jamoat mulkini vayron qilishda ayblagan.

AQShning 2012-yilgi yillik hisobotida qayd etilishicha, Qizil va Qora Alyans kabi millatchi guruhlarning paydo boʻlishi yunon ozchilik guruhlari bilan etnik ziddiyatlarni kuchaytirgan[13].

Manbalar

tahrir
  1. „Countries“ (en). www.amnesty.org. 2014-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  2. „A modern slave's brutal odyssey“. BBC News (2004-yil 3-noyabr). 2009-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  3. „Countries“ (en). www.amnesty.org. 2014-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  4. 4,0 4,1 „ALBANIA: FAILURE TO END POLICE ILL-TREATMENT AND DEATHS IN CUSTODY“. 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  5. „ALBANIA HUMAN RIGHTS“. 2019-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Human Rights in Albania“ (deadlink). 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  7. „Albania: The Greek Minority“ (en). Human Rights Watch. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  8. „Οι Αλβανοί αρπάζουν σπίτια από τους Βορειοηπειρώτες“ (el). Himara.gr. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  9. Bureau of Democracy, Human Rights, and Labor. „2008 Country Reports on Human Rights Practices Report“ (en). U.S. Department of State (2009-yil 25-fevral). 2019-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  10. „2009 Country Reports on Human Rights Practices Report: Albania“ (en). U.S. Department of State (2010-yil 10-mart). 2019-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  11. „2010 Human Rights Report: Albania“ (en). U.S. Department of State. 2019-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  12. „2011 Human Rights Report: Albania“ (en). U.S. Embassy in Albania (2012-yil 24-may). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  13. 13,0 13,1 „2012 Human Rights Report: Albania“ (en). U.S. Embassy in Albania. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  14. „2013 Human Rights Report: Albania“ (en). U.S. Embassy in Albania. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  15. „2014 Human Rights Report: Albania“ (en). U.S. Embassy in Albania. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  16. „2015 Human Rights Report: Albania“ (en). U.S. Department of State. 2021-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  17. Bureau of Democracy, Human Rights and Labor. „2016 Human Rights Report: Albania“ (en) (deadlink). U.S. Department of State. 2017-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.