Albert Michelson
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Albert Abraham Michelson (talaffuzi: Albert Abraham Maykelson) (1852.19.12, Strelno, hozirgi Stshelno, Polsha — 1931.9.5, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1923—27 prezidenti). AQSH Harbiy dengiz akademiyasini tugatgan (1873). 1889—92 yillarda Massachusets shtatidagi Vuster universiteti, 1892—1929-yillarda Chikago universiteti professor Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. 1878—82 yillar va 1924—26 yillarda yorugʻlik tezligini aniqlash ustida ish olib borgan. Natijada 1927-yilda u topgan yorugʻlik tezligining qiymati anikligi boʻyicha uzoq vaqt davomida eng mukammal hisoblangan: s=299796 ± 4 km/s. Optik texnikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan interferometriya ixtiro qilgan (1881). Oʻzi ixtiro qilgan interferometrii qoʻllab, yorugʻlik tezligining Yer harakati tezligiga bogʻliq emasligini tajribada isbotlagan (qarang Maykelson tajribasi), uzunlik birligi metr bilan yorugʻlikning toʻlqin uzunligini taqqoslagan, spektral chiziqlarning oʻta yupqa tuzilishini tekshirgan. Juda yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega boʻlgan spektral as-bob (Maykelson esheloni)ni ixtiro qilgan. Yulduzlarning burchak dia-metrlarini anikdagan. Nobel mukofoti laureati (1907).[1]
Adabiyotlar
tahrir- Djefer B., Maykelson i skorost sveta [per. s angl.], M., 1963.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |