Aldosteron
Aldosteron — buyrak usti bezi poʻst qavatining gormoni; kortikosteroidlar mansub, kortikosteron hosilasi. Kortikosteroid faollikka ega. Dezoksikortikosterondan 100-120-marta faolroq. Aldosteron organizmda minerallar almashinuvini, natriyning bevosita soʻrilishini va kaliynign siydik bilan ajralishini rostlab turadi. Aldosteron hosil boʻlishi organizmdagi suv-tuz almashinuvi va ovqat tarkibidagi natriy va kaliy miqdoriga bogʻliq. Aldosteron ajralishida adrenokortikotrop gormon , angiotenzin, renin va boshqa ishtirok etadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |