Alech muzligi, Alech Gletcheri – Shveysariya Alp togʻlaridagi eng katta vodiy muzligi. Bern Alp togʻi tepasidan Rona daryosi vodiysiga 1520 m balandlikgacha tushib turadi. Uzunligi 24,7 km, muz tilining oʻzi esa 16 km, sathi 87 km². Turizm rivojlangan (maxsus temir yoʻl va kanat yoʻli qurilgan)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil