Alejandro Romero Gamarra (talaffuzi: Alexandro Romero Gamarra; 1995-yil 11-yanvarda Argentinada tugʻilgan)— paragvaylik futbolchi, „Huracán“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. U „Al Taawun“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Alejandro Gamarra
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alejandro Sebastián Romero Gamarra
Tavallud sanasi 11-yanvar 1995-yil (1995-01-11) (29 yosh)
Tavallud joyi Ciudadela, Argentina
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Taawoun
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Club Atlético Huracán
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Huracán 94 (9)
2018—2020 New York Red Bulls 72 (13)
2021— Al-Taawoun 29 (10)
Milliy terma jamoa
2015 Argentina U20 5 (0)
2018— Paragvay 13 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Romero Gamarra „Huracán“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 6-avgustda u „Krucero del Norte“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Shuningdek, 12-oktyabr kuni „Atlético Aldosivi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Alejandro Gamarra „Huracán“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Shu bilan bir qatorda, 2014-yilda Alejandro Gamarra jamoaga Argentina kubogini yutib, yuqori ligaga chiqishga yordam bergan[1].

2015-yilning 15-fevralida „Union Santa Fe“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Alejandro Gamarra Argentina premyer ligasida debyut qilgan[2].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alejandro Gamarra Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[3][4]. Turnirda u Panama, Avstriya va Gana  jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5].

2018-yilda Alejandro Gamarra ota-onasining vatani boʻlgan Paragvay terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan. Hamda, 12-iyun kuni Alejandro Gamarra Paragvay terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

Alejandro Gamarra Paragvayning 2019-yilgi Amerika Kubogi uchun 40 kishilik dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilmagan[6].

Alejandro Gamarra 2021-yilgi Amerika kubogiga boradigan futboolchilar tarkibiga kiritilgan[7].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Huracán  Argentina 2013—14 16 2 1 0 - - 17 2
2014 6 3 2 0 - - 8 3
2015 17 0 0 0 11 1 28 1
2016 16 1 2 1 9 2 27 7
2016—2017 27 2 2 0 2 1 31 3
2017—2018 12 1 2 0 1 0 15 1
Jami 94 9 9 1 23 4 126 14
New York Red Bulls  AQSh 2018 34 6 1 0 3 1 37 7
2019 27 5 1 0 4 0 32 5
2020 17 2 0 0 0 0 17 2
Jami 78 13 2 0 7 1 86 14
Umumiy faoliyatida 172 22 11 1 30 5 210 28

Manbalar tahrir

  1. „Альянса Лима VS. Уракан 0:4“ (en). soccerway.com (2015-yil 4-fevral). 2015-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
  2. „Унион Санта-Фе VS. Уракан 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 15-fevral). 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
  3. „Аргентина (до 20) VS. Панама (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  4. „Аргентина (до 20) VS. Гана (до 20) 2:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 2-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  5. „Австрия (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 5-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  6. „Los 40 elegidos por el DT Eduardo Berizzo, para integrar la lista provisional“ (es). Asociación Paraguaya de Fútbol (2019-yil 13-may). 2019-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  7. „Los convocados para la CONMEBOL Copa América 2021“ (es). Asociación Paraguaya de Fútbol (2021-yil 10-iyun). 2021-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.