Alejandro Meleán Villarroel (talaffuzi: Alexandro Melean Villaroel; 1987-yil 16-iyunda AQShning Mayami shtatida tugʻilgan) — Boliviya futbolchisi, „Jorge Wilstermann“ klubi va Boliviya terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Alejandro Meleán
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alejandro Meleán Villarroel
Tavallud sanasi 16-iyun 1987-yil (1987-06-16) (36 yosh)
Tavallud joyi Miami, Florida, AQSh
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guabirá
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2008 Holy Cross Crusaders
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 La Paz 37 (2)
2011—2016 Oriente Petrolero 180 (31)
2016—2017 Sport Boys 37 (1)
2017—2021 Wilstermann 111 (5)
2022— Guabirá 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012— Boliviya 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2014-yil 21-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

 
Alejandro Meleán Boliviya terma jamoasi safida

Alejandro Meleán oʻz faoliyatini College of the Holy Crossda futbol oʻynashdan boshlagan. Oʻqishni tugatgach, nomdor klublardan bir qancha takliflar oldi. Ammo, shunga qaramay 2010-yil boshida Alejandro Meleán Villarroel „La Paz “ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 18-aprel kuni „Jorge Wilstermann“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Boliviya chempionatida debyut qildi[1]. 17-oktyabr kuni „Bluming“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „La-Paz“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi[2]. 2011-yil boshida u „Oriente Petrolero“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 18-yanvar kuni sobiq jamoasi „La-Paz“ga qarshi oʻyinda Alejandro Meleán Villarroel yangi klubida debyut qildi[3]. 28-avgust kuni „Real Mamore“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „Oriente Petrolero“ futbol klubi safida birinchi golini urdi[4]. Klub tarkibida u ikki marta chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan.

2016-yilning yozida Alejandro Meleán Villarroel „Sport Boys“ futbol klubiga oʻtdi. 13-avgust kuni „Real Potosí“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi[5]. 3-noyabr kuni „Nacional“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „Sport Boys Varnes“ jamoasi safidagi ilk golini urdi[6].

2017-yilning yozida Alejandro Meleán Villarroel „Jorge Wilstermann“ futbol klubiga qoʻshildi. 29-iyul kuni „Universitario Sucre“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qildi[7]. 2018-yilning 9-fevralida Libertadores kubogi doirasida oʻzining sobiq jamoasi „Oriente Petrolero“ jamoasiga qarshi oʻyinda Alejandro Meleán „Jorge Wilstermann“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi[8].

Xalqaro faoliyati          tahrir

2012-yil 16-oktyabrda Urugvayga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Alejandro Meleán Boliviya terma jamoasi safida debyut qildi[9].

2016-yilda milliy terma jamoa tarkibida Alejandro Meleán Villarroel AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Panama, Chili va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12].

Jamoalari tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
La Paz FC   Boliviya 2010
Oriente Petrolero   Boliviya 20112016
Sport Boys   Boliviya 20162017
Jorge Wilstermann   Boliviya 20172021
Guabirá   Boliviya 2022—hozirgacha

Manbalar tahrir

  1. „Ла-Пас VS. Хорхе Вильстерманн 2:2“ (en). soccerway.com (2010-yil 18-aprel). 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  2. „Ла-Пас VS. Блуминг 4:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 17-oktyabr). 2013-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  3. „Ориенте Петролеро VS. Ла-Пас 6:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 18-yanvar). 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  4. „Реал Маморе VS. Ориенте Петролеро 1:4“ (en). soccerway.com (2011-yil 28-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  5. „Спорт Бойз Варнес VS. Реал Потоси 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-avgust). 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-mart.
  6. „Спорт Бойз Варнес VS. Насьональ Потоси 5:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 3-noyabr). 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-mart.
  7. „Университарио Сукре VS. Хорхе Вильстерманн 2:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 29-iyun). 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-mart.
  8. „Хорхе Вильстерманн VS. Ориенте Петролеро 2:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 9-fevral). 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-mart.
  9. „Боливия VS. Перу 4:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 16-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  10. „Панама VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-iyun). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  11. „Чили VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 11-iyun). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  12. „Аргентина VS. Боливия 3:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-iyun). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.