Aleksandr Alyabyev

Rus bastakori

Aleksandr Aleksandrovich Alyabyev (15-avgust 1797 — 6-mart 1851) — rus kompozitori. 150 dan ortiq romans va qoʻshiqlar, 6 opera, balet, simfoniya, kamer va xor asarlari, fortepiano pyesalari hamda damli sozlar orkestri uchun yozilgan marsh va raqslar muallifi. „Irtish“, „Qishki yoʻl“, ayniqsa, „Bulbul“ kabi romans va lirik qoʻshiqlari mashhur. U koʻpgina asarlarida rus, ukrain, kavkaz xalqlari kuylaridan foydalangan. Alyabyevning bir qancha romanslari (jumladan, „Bulbul“, „Men sizni sevgan edim“) oʻzbek xonandalari repertuaridan oʻrin olgan. Alyabyevga nazira tarzida Oʻzbekistonda D. Zokirov (T. Toʻla sheʼri), Qozogʻistonda L. Hamidiy (N. Boymuhamedov sheʼri) „Bulbul“ romanslarini yaratganlar. Bu asarlar S. Qrbulova va boshqa Toʻlaganova ijrolarida mashhur.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil