Aleksandr Aleksandrovich Fadeyev (1901-yil 24-noyabr, hozirgi Kaliningrad viloyati Kimri shahri — 1956-yil 13-may, Moskva) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. 1908-yil Fadeyevlar oilasi Uzoq Sharqqa koʻchib kelgan. Fadeyevlar shu yerda tijorat bilim yurtida oʻqigan (1912—1919) va bolsheviklarga yaqinlashib, inqilobiy faoliyat bilan shugʻullangan. Moskvadagi Togʻkon akademiyasida 2 yil tahsil olgach, partiyaviy ishlarda xizmat qilgan (1924—1926). SSSR Yozuvchilar boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan (1926—1956). Butunjahon Tinchlik kengashi vitseprezidenti (1950—1956).

Aleksandr Fadeyev
Tavalludi 11 (24) dekabr 1901[1]
Vafoti 13-may 1956[2][3][4][5][6]
Ijod qilgan tillari Rus tili[3]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR[7]

Ijodi 1923-yilda boshlangan ("Oqimga qarshi". hikoya). Uzoq Sharqdagi partizanlar urushiga bagʻishlangan "Tormor" romani (1927)da yovvoyi tayga sharoitida kurashayotgan kishilarning mashaqqatli hayoti tasvirlangan. Fadayev ushbu romani bilan hali shakllanib ulgurmagan sotsialistik realizm metodining asosiy tamoyillarini belgilab bergan.

Fadayev 30-yillarda sovet yozuvchilarining 1-syezdini oʻtkazish va SSSR Yozuvchilar uyushmasini tashkil etishga katta kuch sarflagan. Ayni vaqtda 6 qismdan iborat "Udegening soʻnggisi" romani (1929—1940, 4 qismi yozib tugatilgan) ustida jiddiy ish olib borgan.

Fadayev ikkinchi jahon urushi yillari (1943)da Krasnodon shahridagi yashirin tashkilot aʼzolarining nemis bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashiga oid hujjat va xotiralar bilan tanishib, "Yosh gvardiya" romanini (1945) yozgan. Tanqidchilik Fadayevni partiyaning yashirin tashkilot faoliyatidagi rolini romanda toʻgʻri aks ettirmaganlikda ayblagan va yozuvchi asarni qayta ishlashga majbur boʻlgan (1957). Fadayev adabiytanqidiy maqolalari bilan ham sotsialistik realizm metodi asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. U butun umri davomida Stalin va partiya ishiga sodiq qolgan. Shaxsga sigʻinishning fosh etilishi bilan yuzaga chiqqan fojiali voqealar tufayli Fadayev oʻzini-oʻzi otib oʻldirgan. Asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar

tahrir
  • Sochineniya, t. 13, M, 1981-82; O literature. Sbornik statey, M., 1970; Tormor, T., 1971; Yosh gvardiya, T., 1982.



  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. (unspecified title)
  7. (unspecified title)