Aleksandr Frolov
Aleksandr Iosifovich Frolov (1895-yil 26-dekabr, Sankt-Peterburg – 1938-yil 20-oktyabr, Toshkent – Butunittifoq kommunistik partiyasi (bolshevik) arbobi, Tojikiston SSR Kommunistik partiyasi (b) MQ 2-kotibi. SSSR NKVD maxsus uchligi (troyka) tarkibiga kirgan.
Aleksandr Iosifovich Frolov | |
---|---|
Tojikiston KP (b) MQ 2-kotibi | |
Mansab davri 1935-yil – 1937-yil 4-oktyabr | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-dekabr 1895-yil Sankt-Peterburg |
Vafoti |
20-oktyabr 1938-yil (42 yoshda) Toshkent, OʻzSSR |
Oʻlim sababi | Stalin qatagʻonining qurboni |
Fuqaroligi | SSSR |
Siyosiy partiyasi | VKP (b) |
Turmush oʻrtogʻi | Anna Davidovna Yazlovskaya |
Bolalari | Vera Aleksandrovna |
Tarjimai holi
tahrirAleksandr Iosifovich Frolov 1895-yil 26-dekabrda Sankt-Peterburgda maxsus imtiyozga ega oilada tugʻilgan. Ota musiqachi, onasi tikuvchi.
1908—1914-yillarda Vishniy volochyok real maktabida oʻqigan. Keyin, 1914-yilda Petrograd universitetiga oʻqishga kirdi. 1915-yil aprel oyida talabalar toʻgaraklarida qatnashgani uchun hibsga olindi va maʼmuriy tartibda Vologdaga, keyin esa Tver guberniyasiga surgun qilindi.
1918-yilda Qizil armiya safiga qoʻshiladi. 1919-yilda Butunittifoq kommunistik (bolsheviklar) partiyasiga aʼzo boʻlib, Yekaterinburgdagi Qizil Armiyaning 6 oylik muhandislik va qoʻmondonlik kurslarida oʻqigan. Keyin elektr diviziyasining komandiri etib tayinlanadi va Janubiy (Denikin), Sharqiy (Kolchak) va Gʻarbiy frontlardagi janglarda qatnashadi. 1921 va 1922-yillarda Harbiy muhandislik-texnika akademiyasida oʻqigan, biroq akademiyani tamomlamagna.
Kommunistik partiyadagi karyerasi
- 1923—1924-yillar – N. E. Bauman nomidagi Moskva oliy texnik maktabining RKP(b) boʻlim kotibi.
- 1924—1925-yillar – RKP (b) Bauman tuman qoʻmitasining targʻibot va tashviqot boʻlimi boshligʻi (Moskva).
- 1925—1926-yillar – RKP (b) – Butunittifoq bolsheviklar kommunistik partiyasi Bauman tuman qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari (Moskva).
- 1926—1927-yillar – Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Moskva viloyat qoʻmitasining mas’ul instruktori.
- 1927—1928-yillar – „Moskovskiy rabochiy“ (oʻzbekcha: Moskva ishchisi) nashriyotining mas’ul muharriri.
- 1928—1929-yillar – Bolsheviklar butunittifoq kommunistik partiyasi Moskva viloyati qoʻmitasi axborot boʻlimi boshligʻi.
- 1929—1930-yillar – Moskva viloyati taʼlim xodimlari kasaba uyushmasi raisi. Shu bilan birga, 1929—1932-yillarda – Butunittifoq ishchi istiqbollari Markaziy qoʻmitasi byurosi aʼzosi, Bauman tuman kengashi aʼzosi (1924—1927), Mossovet aʼzosi (1929-1930), Bolsheviklar butunittifoq kommunistik partiyasi Moskva qoʻmitasi aʼzosi (1928—1930).
- 1930—1931-yillar – Bolsheviklar butunittifoq kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi kotibining yordamchisi.
- 1931—1934-yillar – Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Tashkiliy-instruktiv boʻlimi mudiri.
1934-yil 20-fevraldan – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi Sanoat va transport boʻlimi mudiri. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi Ijroiya byurosi aʼzosi, 1932-yildan Bolsheviklar butunittifoq kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi byurosi aʼzosi.
- 1935-yilda Tojikiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasining ikkinchi kotibi etib tayinlandi. Bu davr SSSR Ichki ishlar xalq komissarligining (NKVD) 1937-yil 30-iyuldagi 00447-sonli buyrugʻi bilan tuzilgan maxsus uchlikka qoʻshilish[1] va Stalin qatagʻonlarida faol ishtirok etishi belgilandi[2].
Hayotining yakuniy bosqichi
tahrir1937-yil 4-oktyabrda hibsga olingan. SSSR NKVD tomonidan Tojikiston SSR boʻyicha SSSR Qurolli kuchlari Harbiy kollegiyasi tomonidan sudga tortilishi uchun taqdim etilgan shaxslar roʻyxatini 1938-yil 3-mayda I.Stalin va V.Molotov tasdiqladilar. Roʻyxatda Frolov 1-toifadagi (ВМН – oliy jazo[3]) jazoga tortilganlar safida boʻlgan. 1938-yil 20-oktyabrda Toshkentda otib oʻldirilgan.
Oilasi
tahrirAleksandr Frolov 1921-yilda Anna Davidovna Yazlovskaya (1899—1957) bilan turmush qurgan. 1922-yilda ularning qizi Vera (1922—1992) tugʻiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Составы троек в 1937−1938 годах // Сайт Nkvd.memo.ru“. 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Сталинский план по уничтожению народа: Подготовка и реализация приказа НКВД № 00447 «Об операции по репрессированию бывших кулаков, уголовников и других антисоветских элементов» // Архив Александра Н. Яковлева“. 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „АП РФ, оп.24, дело 416, лист 261“. 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.