Aleksandr Kochetkov
Aleksandr Petrovich Kochetkov (1933-yil 28-oktabrda Moskva shahrida tugʻilgan. 2015-yil 1-iyul kuni shu yerda vafot etgan.) — Sovet futbolchisi, hujumchi va murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. RSFSR va Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan futbol murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Kochetkov Petrovich | ||
Tavallud sanasi | 28-oktyabr 1933-yil | ||
Tavallud joyi | Moskva, SSSR | ||
Vafot sanasi |
1-iyul 2015-yil (81 yoshda) | ||
Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Spartak (Мoskva) | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1957-1960 1961-1963 |
SKA (Xabarovsk) Luch (Vladivastok) |
(98(19) 3+ (1+)) | |
Boshqargan klublari | |||
1963-1966 1967-1968 1969 1970 1971-1972 1972 1977-1979 1981-1982 1983-1985 1989-1990 |
Luch (Vladivastok) Luch (Vladivastok) Luch (Vladivastok)) Ximik (Dzerjinsk) Amur Alga Paxtakor Spartak (Ordjonikidze) Kuban Sokol | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirMoskvaning „Spartak“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Aleksandr oʻzining mohirona oʻyinlarini 1957—1960-yillarda Rossiyaning „SKA-Xabarovskiy“ futbol klubida oʻtkazgan. Ushbu jamoa tarkibida u 100 ga yaqin oʻyinda ishtirok etgan. 1961-yilda futbolchi Vladivostokdagi „Luch“ klubiga oʻyinchi murabbiy sifatida oʻtgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrir1960-yillarda Kochetkov Vladivostokning „Luch“ klubi murabbiylari shtabining aʼzosi boʻlgan. U yerda bir necha bor bosh murabbiy sifatida ishlagan. 1963-yilda Aleksandr ilk marota bosh murabbiy etib tayinlanadi va shu bilan futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. 1965-yilda „B“ toifasidagi hudud turnirida uning jamoasi gʻalaba qozonib, „A“ toifasining ikkinchi guruhiga (birinchi liga) chiqadi[1].
Aleksandr 1970-yilda Vladivostokni tark etadi. Murabbiylik faoliyatining keyingi yillarda u „Ximik“ (Dzerjinsk), „Amur“ (Blagoveshchensk), „Alga“ (Bishkek) jamoalarida faoliyat olib boradi. Uning boshchiligidagi „Amur“ klubi 1972-yilda ikkinchi liganing Yettinchi (Sharqiy) hudud gʻolibiga aylanadi va hududlar gʻoliblari oʻrtasidagi finalda jamoa toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.
1977-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubini boshqargan. Ikki mavsum mobaynida jamoaga ustozlik qilgan. 1977-yilda Kochetkov jamoani birinchi ligada gʻalabaga olib chiqib, uni oliy ligaga qaytaradi, biroq keyingi mavsumda „Paxtakor“ muvaffaqiyatsiz oʻynab, jamoaga Kochetkov oʻrniga Oleg Bazilevich murabbiy etib tayinlanadi[2]. Kochetkov „Paxtakor“ni tark etgach, 1977—1981-yillarda Moskvaning „Spartak“ maktabini boshqargan. Soʻngra „Spartak Orjonikidze“ jamoasiga ustozlik qilgan. 1983-yilda u yaqinda oliy ligadan tushib ketgan „Kuban“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Jamoa bilan turnir jadvalining yuqori yarmidagi oʻrinlarni band etgan, ammo uni oliy ligaga qaytara olmagan. Kochetkovning murabbiylik faoliyatidagi soʻnggi klubi Saratovning „Sokol“ jamoasi boʻlib, u bu klubni bir yarim yil (1989—1990-yillarda) boshqargan. 1989-yilgi ikkinchi liga hudud turnirida jamoani ikkinchi pogʻonaga olib chiqishga erishgan.
Umrining soʻnggi yillarida Kochetkov ogʻir kasallikka chalinib, 2015-yilning 1-iyul kuni Moskvada, 82 yoshida vafot etgan[3].
Murabbiy sifatidagi yutuqlari
tahrir- 1965 — „B“ toifasidagi hududlar turniri gʻolibi („Luch“ Vladivostok)
- 1972 — Ikkinchi liganing „Sharq“ hududi gʻolibi („Amur“, Blagoveshchensk)
- 1977 — Birinchi liga gʻolibi („Paxtakor“, Toshkent)
Manbalar
tahrir- ↑ „Бывший тренер футбольного клуба «Амур» Александр Кочетков скончался в Москве“. 19-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
- ↑ „Олег Базилевич. Мой «Пахтакор»…“. 3-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
- ↑ „Ушел из жизни бывший главный тренер «Сокола»“. 4-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.