Vladivostok
Vladivostok — Rossiya Federatsiyasidagi shahari, Primore oʻlkasining markazi (1888-yildan). Sibir temir yo'l magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Aholi 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-yilda bunyod etilgan. 1862-yildan port, 1880-yildan shahar. Vladivostokda kema tuzatish korxonalari bor, baliq konserva zavodlari uchun texnologik liniyalar, kon-shaxta asbobuskunalari, konveyerlar, nasoslar, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan baliq, goʻsht kombinatlari, sut zavodlari, konditer fabrikasi, qurilish materiallari sanoati korxonalaridan temir-beton konstruksiyalari va yirik panelli uysozlik zavodlari mavjud. Uzoq Sharqda kit, krab, yovvoyi hayvonlarni ovlash va refrijerator floti bazasi.
Vladivostokda 8 oliy oʻquv yurti, 13 maxsus oʻrta oʻquv yurti, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi, 3 teatr, filarmoniya, 3 muzey va suratlar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan dengiz vokzali (1965), mehmonxona (1965), Madaniyat uyi (1967), keng formatdagi kinoteatr (1969) mavjud.[1]
Manbalar
tahrirh