Aleksandr Onufriyevich Kovalevskiy (1840.7(19).11, Latviyaning Dinaburg uyezdi Shustyanka qishlogʻi — 1901.9(22).11, Peterburg) — rus evolyusionisti-zoologi, qiyosiy embriologiya va fiziologiya, eksperimental va evolyusion gistologiya asoschilaridan biri, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1890-yildan), V. O. Kovalevskiyning akasi. Peterburg universitetini tugatgan (1863). Kiyev (1869—74), Novorossiysk (1874—90), Peterburg (1891—94) universitetlari professor, Sevastopol biologiya stansiyasi direktori (1892—1901). K. umurtqasiz xayvonlar (boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar) va xordalilar (lansetnik, assidiya va boshqalar)ning embrioni rivojlanishini oʻrgangan. Umurtqasiz qayvonlarda murtak varaqlari toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqqan, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar rivojlanishi qonuniyatlarining umumiyligini koʻrsatib, ularning evolyusion qarindoshligini isbotlab bergan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Izbrannie raboti, M., 1951.