Aleksandr Middendorf

Aleksandr Fedorovich Middendorf (1815.6.8, Peterburg - 1894.16.1, Xellenurme, Estoniya) — rus tabiat-shunosi va sayyoh. Peterburg FA akad. (1850). Derpt (Tartu) universitetini tugatgan (1837). 1842-45 yillarda Shim. va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqqa sayohat qilgan. Middendorfning toʻplagan maʼlumotlari oʻsha davrda Sibirning tabiiytarixiy tavsifiga oid eng mukammal hisobot boʻlgan; ayniqsa, Sibirda abadiy muzloq yerlarning tarqalishi va oʻsimlik qoplamining zonal taqsimlanishi haqidagi xulosalari muhim hisoblangan. 1870-yilda Baraba dashtini tadqiq qilgan, 1877—78 yillarda Fargʻona vodiysini oʻrgangan. Middendorf nomiga Novaya Zemlya arxipelagidagi burun, Taymir ya.o.dagi qoʻltiq qoʻyilgan. Asosiy ilmiy ishlari: "Sibirning shimoli va sharqiga sayohat" va "Fargʻona vodiysi ocherklari" dir.

AdabiyotTahrirlash

  • Leonov N. I., Aleksandr Fedorovich Middendorf, M., 1967.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil