Aleksandr Podushkin
Podushkin Aleksandr Nikolayevich (1953-yil 19-mart, Toshkent viloyati, Bekobod tumani) – qozoq arxeologi, tarix fanlari doktori. Taniqli qozoq olimi arxeolog Nikolay Pavlovich Podushkinning oʻgʻli[1][2][3].
Podushkin Aleksandr Nikolayevich | |
---|---|
Tavalludi |
19-mart 1953-yil Toshkent viloyati, Bekobod tumani |
Istiqomat joylari | Qozogʻiston |
Millati | qozoq |
Ilmiy faoliyati
tahrirPodushkin Aleksandr Nikolayevich 1953-yil 19-martda Toshkent viloyati, Bekobod tumanida tugʻilgan. „Janubiy Qozogʻistonning Arysskaya madaniyati miloddan avvalgi IV asrda“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘trorda koʻplab obidalarni ochgan hamda oʻrgangan[4].
1975–1977-yillarda institutda stajyor-tadqiqotchi boʻlib, arxeolog mutaxassisligini olgan. 1977–1979-yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. 1979-yildan boshlab Chimkent pedagogika instituti hamda Xalqaro qozoq-turk universitetining Chimkent filialida laborant, kafedra mudiri, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, SSSR tarixi va Qozogʻiston SSR tarixi kafedralari professori boʻlgan[5]. 1986–1987-yillarda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan[6]. Aleksandr Podushkin Qozogʻiston va Janubiy Qozogʻiston arxeologiyasi, tarixi va madaniyatiga oid 4 ta monografiya va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil“ medali bilan taqdirlangan[7].
Ilmiy izlanishlari
tahrirPodushkin Aleksandr Nikolayevich Qozogʻiston janubida arxeologik qazishmalar olib borgan va u yerda Kultoʻbe manzilgohi va Oq-Buloq manzilgohidagi qazishmalarni topgan. Bu ekspeditsiyalar natijasida kangyuy sivilizatsiyasiga mansub noyob osori-atiqalar, xususan, eramizdan avvalgi II–I asrlar davriga oid yozuvlar boʻlgan[8][9]. Hali toʻliq ochilmagan gil gʻisht lavhalar topilgan. Qadimgi kangyu xalqining etnik kelib chiqishi va tili haqida arxeologlar oʻrtasida hozirgacha bir toʻxtamga kelinmagan. Bu topilma esa tilning kelib chiqishi va oʻziga xosligini yoritishi mumkin. Topilmaning oʻziga xosligi shundaki, Oʻrta va Shimoli-Sharqiy Osiyo hududida (Oʻrta Osiyo: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston) hozirgacha qadimgi turkiy va qadimgi uygʻur tiliga asoslangan manbalar mavjud[10][11]. Bu topilmalarga yevropalik olimlar ham qiziqish bildirishgan, xususan, London universiteti qoshidagi Sharqshunoslik va Afrikashunoslik maktabi professori doktor Nikolas Sims-Uilyams ham[12][13][14]. Bir yil davomida matnlarni shifrlash bilan shugʻullangan ingliz olimi bu jahon miqyosidagi kashfiyot ekanligiga ishonch hosil qilgan.
Mukofotlari
tahrirMustaqil Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning umumiy madaniy makonini shakllantirish va rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun „Madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni (2019-yil 21-noyabr, MDH Parlamentlararo Assambleyasi) bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ A. N. Podushkin. Arisskaya kultura Yujnogo Kazaxstana: IV v. do n. e.—-VI v. n. e. Turkestan, Izd-vo MKTU imeni X. A. Yasavi 2000
- ↑ N. P. Podushkin. Ocherki po istorii i kulture Kazaxstana. Almati Kazakparat, 2003.
- ↑ http://www.ucl.ac.uk/library/accs0704.shtml (Wayback Machine saytida 2007-05-15 sanasida arxivlangan) visheupomyanutie knigi v spiske biblioteki Universitetskogo kolledja Londonskogo universiteta(inglizcha: UoL).
- ↑ "Qazaq ensiklopediyasi"
- ↑ http://www.turkistan.kz (Wayback Machine saytida 2006-08-10 sanasida arxivlangan) Mejdunarodniy Kazaxsko-Tureskiy universitet imeni X. A. Yasavi – g. Turkestan Yujno-Kazaxstanskoy obl.
- ↑ "Orbasi" ensiklopediyasi,2008.
- ↑ "Oңtүstіk Qazaqstan Ensiklopediyasi"
- ↑ Berlizov N. Ye., Kaminskiy V. I. Alani, Kangyuy i Davan. //Peterburgskiy arxeologicheskiy vestnik (S.-Peterburg), 7, 1993, s. 94-112.
- ↑ Bosworth, A. Arrian and the Alani. //Harvard Studies in Classical Philology, 81, 1977, pp. 218—229.*
- ↑ Malov S. Ye. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti Mongolii i Kirgizii. – M.-L., 1959.
- ↑ Klyashtorniy S. G. Drevnetyurkskie runicheskie pamyatniki kak istochnik po istorii Sredney Azii. – M., 1979.
- ↑ „British Academy | The Fellowship – Section H4: Linguistics and Philology“ (deadlink). 2006-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 20-iyun.
- ↑ http://www.soas.ac.uk/departments/departmentinfo.cfm?navid=523 (Wayback Machine saytida 2007-09-30 sanasida arxivlangan) Podushkin, Alexander. Archaeological and written monuments of the state of Kantszjuj (Kangjuj), from the 2nd century BC to 4th century AD. Institute of Archaeology, 31-34 Gordon Square WC1. Raspisanie leksiy v Londonskom Universitete, Shkoli orientalistiki i afrikanskix issledovaniy
- ↑ http://www.soas.ac.uk/staff/staffinfo.cfm?contactid=34 (Wayback Machine saytida 2007-09-06 sanasida arxivlangan) profil professora N. Sims-Vilyamsa na sayte Londonskogo Universiteta, Shkoli orientalistiki i afrikanskix issledovaniy
Havolalar
tahrir- Ольга Малахова. Статья «Письмо из глубины веков». «Казахстанская Правда» от 19.07.2006
- Kazakhstan Today. «Археолог Подушкин нашёл на юге Казахстана не разграбленное коллективное захоронение эпохи Кангюй» (Wayback Machine saytida 2007-10-25 sanasida arxivlangan)
- Древний храм нашли археологи в Туркестанской области
- Древний храм нашли археологи в Туркестанской области
- А. Н. Подушкин Историография археологического обследования объектов IV в. до н. э. — VI в. н. э. на территории Южного Казахстана. Из книги «Арысская археологическая культур»
- «Культобинские тексты заговорили». Хайкина Н., «Аргументы и Факты Казахстан», 28.11.2006[sayt ishlamaydi]
- Статья «Обнаружен древний архив»[sayt ishlamaydi]
- «В Ордабасы (юг Казахстана) найдена могила 2-метрового воина, которому 2 тысячи лет.» «КазПресс» (Wayback Machine saytida 2007-10-29 sanasida arxivlangan)
- Любовь Доброта. Статья «На юге Казахстана обнаружена табличка с неизвестной письменностью». КазПравда, № 219—220 (23868-23869), 12 октября 2002 (Wayback Machine saytida 2007-10-25 sanasida arxivlangan)