Aleksandr Tyurin
Aleksandr Ivanovich Tyurin (1959-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — rangtasvir-rassomi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi “Rangtasvir boʻlimi” raisi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Monumental rangtasvir” kafedrasi dosenti.
Aleksandr Ivanovich Tyurin | |
---|---|
Tavalludi | 4-noyabr 1959-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | rangtasvir-rassomi |
Mukofotlari |
Tarjimai hol
tahrirTyurin Ivanovich 1959-yilda Markaziy Osiyoda, Tyan-Shan togʻlarida geolog va meteorolog oilasida tugʻilgan. 1981-yilda Toshkentda P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtining rangtavir yoʻnalishini tamomlagan. 1984-1986-yillarda K.TurkVO(SSSR qurolli kuchlarining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi harbiy okrugi) SSSR Qurolli Kuchlari, Afgʻoniston 40-armiyasining maxsus maqsadli batalonida xizmat qilgan.
Soʻng boʻlajak rassom 1988-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining monumental rangtasvir fakultetini tamomlagan. Aleksandr Tyurin 1991-yilda SSSR Badiiy akademiyasining I.Ye.Repin nomidagi Leningrad institutining “Rangtasvir va rassomchilik” yoʻnalishi boʻyicha maqsadli assistenturani tamomlagan. Uning ustozlari professorlar B.S.Ugarov, O.A.Yeremeyev, B.M.Lavrenko, M.M.Devyatov, M.M.Gerasimovlar edi.
U 1988-1993-yillarda Y.Oxunboboyev nomidagi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Rangtasvir va rassomchilik” dizayn kafedrasida talabalarga dars bergan.
Tyurin 1994-yildan 2004-yilgacha Moskvada yashagan. Bundan tashqari, oʻz ijodiy faoliyati bilan shugʻullanib, koʻrgazmalar tashkil etgan.
Oradan biroz vaqt oʻtib rassom 2005-2011-yillarda Toshkent shahriga keladi, koʻrgazmali, ijodiy-jamoaviy faoliyat bilan shugʻullanadi.
Tyurin Ivanovich 2012-yildan buyon Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining monumental rangtasvir kafedrasida talabalarga saboq berib kelmoqda.
Oʻz ustida ishlagan rassom 2014-yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar ijodiy birlashmasi Rangtasvir seksiyasi raisi boʻladi.
Ijodiy uyushmalarga a’zoligi
tahrir- 1990-1991-yillarda — SSSR Rassomlar uyushmasi Yosh rassomlar birlashmasi a’zosi
- 1992-1997-yillarda — Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi a’zosi
- 1993-yildan — YUNESKO Xalqaro rassomlar federasiyasi a’zosi
- 1997-yildan — Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi
- 2009-yildan — Rossiya rassomlar professional uyushmasi a’zosi
Mukofot va unvonlar
tahrir- 1986-yilda — “Turk VO. Fidokorona harbiy mehnati uchun” SSSR Mudofaa vazirligining Faxriy nishoni
- 2010-yilda “Yilning eng yaxshi koʻrgazmasi” nominasiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “TOP-ART 2010” yillik mukofoti va Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining kumush medali sohibi
- 2014-yilda A.I.Tyuringa “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berildi[1].
- 2019-yilda Rus pravoslav cherkovining “1812-yilgi Vatan urushidagi Gʻalabaning 200 yilligi xotirasi uchun” medal
- Oʻzbekiston rus madaniyat markazining “Oʻzbekistonda rus madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” faxriy nishon bilan taqdirlandi.
- “Yilning eng yaxshi rassomi” nominasiyasida Oʻzbekiston Respublikasining “TOP-ART-2019” yillik mukofoti sovrindori.
Bibliografiyasi
tahrirAlbomlar
tahrir- MODERN ART OF UZBEKISTAN : книга-альбом. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
- THE ANTHOLOGY OF FINE ARTS OF UZBEKISTAN : книга-альбом. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2009. ISBN 978-9943-322-68-4 УДК 75(575.1)(09)
- THE CREATION OF THE BEAUTY : книга-альбом. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2013.
- Изобразительное искусство Узбекистана : Художники содружества : книга-альбом. — Москва: Международная конфедерация союзов художников, 2013. ISBN 978-5-269-01151-6
Kataloglar
tahrir- Tashkent-town of craftsmen. — Ташкент: 1989.
- ALEXANDER TYURIN. — М.: Восточная галерея; Мост-Банк, 1994.
- Восток — запад. Диалог во времени. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана; ЦВЗ, 1994.
- ART-MOSCOW : Международная художественная выставка. / Ассоциация искусствоведов и критиков. — М.: Российский фонд культуры, 1996.
- Eng ylyg`, eng aziz : 10 лет независимости Республики Узбекистан. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
- 130 лет Ташкентской и Среднеазиатской Епархии. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
- BIENNALE 2001. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
- Seismograph. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2003.
- Korean + Uzbekistan. Сеул: Ассоциация художников Кореи, 2004.
- Салон ЦДХ`05. Среда обитания. — М.: Международная конфедерация союзов художников, 2005.
- ALEXANDER TYURIN : каталог / Издан при поддержке Международного центра финансово-экономического развития. — М.: 2007.
- THE INVITED EXHIBITION OF KOREA ARTISTS IN UZBEKISTAN. Сеул: Ассоциация художников Кореи, 2011.
- Художники Узбекистана к 20-летию независимости Республики Узбекистан. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2012.
Manbalar
tahrir- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 22 avgust 2014 года № УП-4647 «О награждении в связи с двадцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
Havolalar
tahrir- Александр Тюрин — Facebook
- Художник Тюрин Александр Иванович (Wayback Machine saytida 2020-10-31 sanasida arxivlangan). — Международная галерея современных художников «Новый стиль».
- Тк-Тя // Реестр профессиональных художников Российской Империи, СССР, «русского зарубежья» (XVIII—XXI вв.) — Профессиональный союз художников России.
- „Наши люди“. Тюрин Александр Иванович. Клуб выпускников МГУ.
- „Красота мира от Александра Тюрина“. Письма о Ташкенте. Творческая группа «Лангар» (2011-yil 19-dekabr).
- Ивашкин, Алексей „Художник и время“. Золотое перо Алтая (2016-yil 21-aprel). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.