Aleksandr Yuryevich Yudin (1949-yil 26-oktabr, Termiz – 1986-yil, Toshkent) – Sovet shosse va trek velosipedchisi, 1970-yillarning birinchi yarmida SSSR terma jamoasi safida ishtirok etgan. Turli yoʻnalishlar boʻyicha SSSR chempioni, respublika chempionatlari chempioni, nufuzli koʻp kunlik poygalar gʻolibi va sovrindori, Myunxendagi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Musobaqalarda SSK sharafini himoya qilgan, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1975).

Biografiyasi

tahrir

Aleksandr Yudin 1949-yil 26-oktyabrda Oʻzbekiston SSRning Termiz shahrida tugʻilgan, bolaligi shu yerda oʻtgan. Keyinchalik Toshkentga koʻchib oʻtgan va bu yerdagi mahalliy beton yoʻlda velosport bilan faol shugʻullana boshladi, SSK jamoasida oʻynagan. Jami, turli yoʻnalishlar boʻyicha yetti marta SSSR chempioni boʻlgan.

Bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli u 1972-yilda Myunxenda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻlgan. Jamoadoshlari Vladimir Kuznetsov, Viktor Bikov va Anatoliy Stepanenko bilan birgalikda jamoaviy taʼqib dasturida chorak final bosqichiga chiqishga erishgan, ammo Polsha terma jamoasiga magʻlub boʻlgan.

1973-yilda Yudin „Toure Algiere“ koʻp kunlik velopoygasida qatnashgan, umumiy toifada ikkinchi oʻrinni egallagan. Fransiyadagi „Circuit de la Sarta“ poygalarida qatnashib, ikkinchi bosqichda gʻolib chiqadi. Keyingi mavsumda „Toure Morocco“ ning uch bosqichida eng yaxshi natijani qayd etgan boʻlsa, yakunda umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni band etgan. 1975-yilda Fransiyadagi „Brittani“ turining toʻrtinchi bosqichida gʻolib chiqqan, Italiyada „Giro del Bergamasco“ bosqichining kumush va bronza medali sovrindori boʻlgan, „Toure Algiere“ ning koʻp bosqichlarida birinchi oʻrinni egallagan, shundan soʻng umumiy hisobda uchinchi oʻrinni egallagan.

Sportdagi katta yutuqlari uchun „SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Sportdagi faoliyatini yakunlagach, armiyada xizmat qilishni davom ettirdi. Shimoliy kuchlar guruhida xizmat qilgan, mayor unvoniga ega boʻlgan[1].

1986 yilda avtohalokatda vafot etdi.

Toshkentda har yili xizmat koʻrsatgan sport ustasi Aleksandr Yuryevich Yudin xotirasiga bagʻishlangan koʻp kunlik velopoyga oʻtkaziladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Борис Тасман. „Сборная СССР. Когда победителей не судят, всегда много жертв“. Прессбол-онлайн (2010-yil 14-yanvar). 2014-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  2. „На республиканском велотреке г. Ташкента в период с 17 по 19 марта впервые состоялась многодневная гонка, посвященная памяти заслуженного мастера спорта Александра Юдина“ (deadlink). Федерация велосипедного спорта Узбекистана (2014). 2014-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.

Havolalar

tahrir
  • yu/aleksandr-yudin-1 — Olimpiada statistikasi Sports-Reference.com veb-saytida (ingl.)