Aleksandra Ovchinnikova
Aleksandra Yakovlevna Ovchinnikova (7-yanvar 1915-yil, Tyalykin naslegi, Marxin ulusi, Yakutsk viloyati — 2009-yil 8-iyun, Yakutsk) — sovet partiya rahbari, davlat arbobi, Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi va Prezidium raisi oʻrinbosari (1963—1979).
Aleksandra Yakovlevna Ovchinnikova | |
Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining 6-raisi | |
---|---|
Mansab davri 1963-yil mart – 1979-yil dekabr | |
Avvalgisi | Mariya Nartaxova |
Keyingisi | Yevdokiya Goroxova |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-yanvar 1915-yil Tyalykin naslegi, Marxin ulusi, Yakutsk viloyati |
Vafoti |
8-iyun 2009-yil (94 yoshda) Yakutsk |
Fuqaroligi | Rossiya |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Taʼlim | YDU (1959) |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAleksandra Ovchinnikova 1915-yil 7-yanvarda Yakutsk viloyatining Marxin ulusining Tyalikin naslegida tugʻilgan[1]. 1934-yilda yoʻl texnikumini tugatgach, Suntar—Kempendyay yoʻli qurilishida ishlay boshladi[1]. 1935-yildan 17 yil davomida Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi Avtomobil yoʻllari boshqarmasi maʼmuriyatida ishlagan. 1953-yilda KPSS Markaziy qoʻmitasi qoshidagi Xabarovsk Oliy partiya maktabini tugatgandan soʻng, Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashining buyrugʻi bilan Kengashning yoʻl xoʻjaligi, transport va aloqa guruhining boshligʻi, soʻngra KPSS Yoqut shahar qoʻmitasining sanoat va transport boʻlimi boshligʻi etib tayinlangan. Uch yildan soʻng Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi shahar qoʻmitasining kotibi, keyin ikkinchi kotibi etib saylangan. 1959-yilda Yoqut davlat universiteti tarix fakultetining sirtqi boʻlimini tamomlagan. 1963-yil 14-yanvarda Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi raisi etib saylandi. Oʻsha yilning 15-martida lavozimiga kirishadi. Shu bilan birga, Aleksandra Ovchinnikova Prezidium aʼzoligiga kiritiladi va RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumi Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi[2][3][4][5][6][7]. Aleksandra Ovchinnikova Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashining oltinchi—toʻqqizinchi chaqiriq deputati, RSFSR Oliy Kengashining oltinchi—toʻqqizinchi chaqiriq deputati, KPSSning XXIII, XXIV, XXV syezdlariga delegat etib saylangan. 1980-yildan 1991-yilgacha Aleksandra Ovchinnikova mehnat faoliyatini SSSR Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimi Yoqut ilmiy markazining Til, adabiyot va tarix institutida olib borgan[1]. Institutda ishlagan paytida „Yakutsk viloyati partiya tashkiloti sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish uchun kurashda (1966—1980)“ kitobini yozadi.
1991-yilda nafaqaga chiqqan[1]. 2009-yil 8-iyunda vafot etgan[8].
Mukofotlari
tahrir- Lenin ordeni (SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1979-yil 10-iyuldagi farmoni)[1];
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1971);
- 3 marta Hurmat Belgisi ordeni (1957, 1964, 1973);
- turli medallar;
- RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorligʻi;
- RSFSR faxriy yoʻl xodimi;
- Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xalq xoʻjaligida xizmat koʻrsatgan xodim[1];
- Saxa (Yoqutiston) Respublikasining faxriy fuqarosi (2002)[9];
- Yakutsk shahrining faxriy fuqarosi (1982);
- Nyurba ulusining faxriy fuqarosi[10].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Овчинникова Александра Яковлевна“. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ O Neill, Lois Decker. The Women's book of world records and achievements, p. 59 (1979)
- ↑ St. George, George. Siberia: the New Frontier, p. 354 (1969)
- ↑ (5 November 1976). Women play a vital part in Soviet north[sayt ishlamaydi], Anchorage Daily News
- ↑ Smith, Hedrick (9 May 1972). Life in Northern Siberia Is Endless Battle With the Cold, The New York Times
- ↑ National Geographic (1967)
- ↑ FEMALE PRESIDENTS OF UNDERSTATE ENTITIES, Retrieved June 11, 2012
- ↑ Ушла из жизни бывший председатель Президиума Верховного Совета Якутской АССР Александра Овчинникова, SahkaNews (in Russian)
- ↑ „Почётные граждане Республики Саха (Якутия)“. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Почётные граждане, известные люди района“. Официальный информационный портал Республики Саха (Якутия). 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
Adabiyotlar
tahrir- Пестерев В. И.. История Якутии в лицах. Якутск: Бичик, 2001 — 357—359-bet. ISBN 5-7696-1606-7.
- „Александр Жирков: Александра Овчинникова төрөөбүтэ 100 сааһын 2015 сыл тохсунньу 7 күнүгэр туолар“. Государственное Собрание (Ил Тумэн) Республики Саха (Якутия). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- Ushla iz jizni bivshiy predsedatel Prezidiuma Verxovnogo Soveta Yakutskoy ASSR Aleksandra Ovchinnikova