Aleksandriya (shahar)
Aleksandriya – Ukrainaning Kirovograd viloyatidagi shahar. Ingules daryosi boʻyidagi shahar. Aleksandriya (shahar) stansiyasi. Aholisi 100 ming kishi (2024). Qoʻngʻir kumir qazib olinadi va briketlanadi. Koʻtarma transport asbob-uskunalari zavodi, elektromexanika, avtomobil tuzatish zavodlari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Dnepropetrovsk Konchilik institutining boʻlimi, oʻrta maxsus oʻquv yurti mavjud. Aleksandriyaga 18-asr oʻrtalarida asos solingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |