Bosh menuni ochish

Aleksandriya urushi (mil av. 48-47) – Yuliy Sezar qo‘mondonligi ostidagi Rim legionlarinining Misr davlati bilan urushi. Jang harakatlari asosan Aleksandriya sh. atrofida sodir bo‘lgan. Pompei ketidan Misrga kelgan Sezar Kleopatra va uning ukasi Pto-lemey Dionis o‘rtasidagi sulolaviy kurashga aralashib, Kleopatraga yordam bergan. Nil bo‘yidagi jangda (48 yil) rimliklar g‘alaba qozonganlar. Kleopatra 312Misr taxtini egallagan. Aleksandriya urushi Misrni Rimga tobe etish uchun kurashda muhim bosqich bo‘lgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil