Aleksandropol qoʻrgʻoni — skiflarning „podsho“ qoʻrgʻonlaridan biri (miloddan avvalgi 3-asr). Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol shahri yaqinida. Aleksandropol qoʻrgʻoni Tereshchenko (1852-1854) va A. Ye. Lyutsenko (1855-56) tomonidan tekshirilgan. Aslzodalarning ikki kamera katakombalardagi qabrlari qadim zamonlardayoq talon-toroj qilingan. Saqlanib qolgan ashyolar: tepalikdan jang aravasi qoldigʻi, markaziy kamera yaqinidan ot qabri, qandaydir inson (ehtimol xizmatkor) skeleti va oʻsha kameraning yoʻlagidan 14 ot skeleti topilgan. Otlar yonidan skif va skif-yunon sanʼati namunalari — oltin, kumush bezakli yuganlar va egar topilgan.

Adabiyotlar

tahrir