Aleksey Isayev
Aleksey Valeryevich Isayev (1974-yil 15-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston, SSSR) – rus harbiy tarixchisi. Tarix fanlari nomzodi. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Harbiy tarix instituti xodimi (2019-yildan). Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining Harbiy iqtisodiyot tarixi markazi direktori (2021-yildan).
Aleksey Isayev | |
---|---|
Tavalludi |
15-avgust 1974-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti | 25-iyun 1971 |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Ilmiy darajasi | Tarix fanlari kandidanti |
Tarjimai holi
tahrirAleksey Isayev 1974-yil 15-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1987-yildan Moskvada istiqomat qilgan.
Moskva muhandislik-fizika institutining kibernetika fakultetini (tizim tahlili boʻlimi) tamomlagan.
Aleksey bolaligidanoq harbiy tarixga qiziqqan va bu uni „Goryachiy sneg“ filmini tomosha qilishga undagan[1]. Yoshligida M. N. Svirin[2] taklifi bilan arxivlar, jumladan, Rossiya davlat harbiy arxivi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi markaziy arxividagi hujjatlar bilan ishlay boshladi.
Valeryevich 2007–2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Harbiy tarix institutida shtatdan tashqari xodim boʻlib ishlagan. 2019-yil oktyabr oyidan Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Harbiy tarix institutida katta ilmiy xodimi boʻlib faoliyat yurita boshlagan.
U Rossiya FSBning Moskva chegara institutining Vatan tarixi kafedrasiga nomzod boʻlgan.
Isayev 2012-yilda M. A. Sholoxov nomidagi Moskva davlat gumanitar universitetida tarix fanlari nomzodi, dotsent Y. A. Nikiforov ilmiy rahbarligida „Ulugʻ Vatan urushi boshlanishida Janubi-Gʻarbiy va Janubiy frontlarning jangovar harakatlari: 22-iyun – 1941-yil 9-iyul“ mavzusida dissertatsiya himoya qilgan[3].
2021-yil fevral oyidan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining Harbiy iqtisodiyot tarixi markazi direktori lavozimida ishlagan.
Aleksey „Poligon“ jurnali, „Nezavisimoe voyennoye obozreniye“ gazetasidagi M. E. Katukov, Zaxarova, I. Videra, E. Makenzena xotiralariga bagʻishlangan maqolalar muallifi.
Aleksey Isayev 25-iyun 1971-yilda vafot etgan.
Mukofotlari
tahrirAleksey Valeryevich 1-darajali "Vatanga xizmatlari uchun" madali bilan taqdirlngan (2023-yil 25-avgust)[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Алексей Исаев о Красной Армии и Вермахте накануне 22 июня 1941 года YouTubeda
- ↑ Алексей Исаев о Красной Армии и Вермахте накануне 22 июня 1941 года YouTubeda
- ↑ Isaev, Aleksey Valerevich. Boevie deystviya Yugo-Zapadnogo i Yujnogo frontov v nachale Velikoy Otechestvennoy voyni: 22 iyunya – 9 iyulya 1941 g.: avtoreferat dis. … kandidata istoricheskix nauk : 07.00.02 / Isaev Aleksey Valerevich; [Mesto zaщiti: Mosk. gos. gumanitar. universitet im. M. A. Sholoxova]. – Moskva, 2012. – 34 s.
- ↑ Torjestvennoe vruchenie medali ordena „Za zaslugi pered Otechestvom I stepeni“ v shtab-kvartire Rossiyskogo voenno-istoricheskogo obщestva