Aleksey Maltsev
Aleksey Vasilevich Maltsev (1961-yil 20-oktyabr, Perm viloyati Usole shahrida tugʻilgan) – rus nosiri, shoiri.
Aleksey Maltsev | |
---|---|
Tavalludi |
1961-yil 20-oktyabr |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya |
Faoliyat yillari | 1990-yildan – hozirgacha |
Biografiyasi
tahrirAleksey Maltsev 1961-yil 20-oktyabrda Perm viloyatining Usole shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Aleksey maktabni tugatgach, Perm tibbiyot institutiga oʻqishga kirdi. Institutni tamomlagandan soʻng, 20 yil davomida Perm shahridagi davolash muassasalarida shifokor boʻlib ishladi. 2005-yilda esa professional yozuvchi sifatida faoliyat yuritish maqsadida tibbiyot sohasini tark etdi.
Shoir 25 yoshida Perm Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi toʻgarakka qoʻshilib, qayta qurish yillarida adabiyotga kirib keldi. Ilk nashr „Zvezda“ gazetasida (1987-yil) eʼlon qilindi. „Zvezda“, „Molodaya gvardiya“, „Meditsinskaya gazeta“ gazetalari hamda „Smena“ jurnali bilan hamkorlik qilgan[1].
1999-yilda Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan Shimoli-gʻarbiy yosh yozuvchilar anjumanida shoir sifatida Rossiya Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻldi. 2000-yilda esa Moskvaga yoʻl oldi.
2001-yilda „EKSMO“ nashriyotida uning ilk detektivi „Mafiyaga qarshi vaksina“ eʼlon qilindi. Keyingi uch yil mobaynida „Eksmo“da "Noj i stvol, " „Almazniy korol“ „Instinkt rosomaxi“ nomli detektiv asarlari chop etildi.
2004-yilda Permda „Perm detektivi“ loyihasi tashkil etildi. Bu loyiha tufayli Aleksey Maltsevning kinoyali detektiv asari „Shuka v gipse“ nashr qilindi.
2010-yilda „Hammasi sharpa“ nomli fantastik roman-gallyutsinatsiya yozilgan boʻlib, u „qogʻoz“ nusxasi chiqishidan oldin internetda mashhurlikka erishdi.
1999-yilda yosh Maltsev Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan „Shimoliy-gʻarb yosh adabiyotchilari anjumani“da ikkita sheʼriy toʻplamini taqdim etdi va anjumanning kashfiyoti deb eʼtirof etildi[2].
Vatani Permda yozuvchiga „detektiv ustasi“ degan barqaror taʼrif berilgan[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ Aleksey Vasilevich Malsev[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка // Obʼedinenie munitsipalnix bibliotek goroda Permi. 18.10.2021.
- ↑ Aleksey Malsev (Wayback Machine saytida 2024-07-14 sanasida arxivlangan)// Podlinnik. Mejdunarodniy tvorcheskiy resurs.
- ↑ Perm – gorod syujetov: startoval poeticheskiy festival „Kompros“ (Wayback Machine saytida 2021-07-22 sanasida arxivlangan) // Internet-gazeta Primeru.net. 23.11.2019.
- ↑ Poeticheskie slemi, battli i vstrechi s pisatelyami: osenniy etap „Komprosa“ obʼedinil 1,5 tisyachi zriteley (Wayback Machine saytida 2021-07-22 sanasida arxivlangan) // Sayt gubernator i pravitelstva Permskogo kraya. 27 Noyabrya 2019.