Aleksey Navalniyning oʻlimi
Rossiyalik siyosiy va jamoat arbobi Aleksey Navalniy 2024-yil 16-fevral kuni Yamal-Nenetsk avtonom okrugida joylashgan Xarp qishlogʻidagi „Polyarniy volk“ (ATK-3 Xarp) maxsus rejimli koloniyasida 47 yoshida vafot etdi[1][2]. Bu haqda Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmatining Yamal-Nenetsk avtonom okrugi boʻyicha rasmiy sayti xabar berdi.
Vafoti
tahrir2024-yil 14-fevralda Navalniy qamoqxonada 27-marotaba jazo kamerasiga joʻnatilgani haqida xabar berilgandi. Ertasi kuni u Vladimir viloyat sudining videoaloqa orqali oʻrkazilgan sud majlisida ishtirok etadi. Ushbu sud maslisida Navalniy oʻzini yaxshi his qilgani koʻrinib turardi, sogʻligʻi haqida hech qanday shikoyat qilmaydi, faol ravishda gapiradi va oʻz pozitsiyasini himoya qilish uchun dalillar keltiradi hamda sudya bilan ham xazillashadi va uni kuldiradi ham[3]. 16-fevral kuni Yamal-Nenetsk avtonom okrugi federal jazoni ijro etish xizmati Navalniy kunduzgi sayrdan keyin hushini yoʻqotganligi, koloniyadan tibbiyot xodimlari yetib kelgani va tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilgani haqida bayonot eʼlon qiladi. Voqea joyiga tez yordam yetti daqiqa ichida yetib keladi. Aleksey Navalniyga yarim soatdan koʻproq vaqt davomida reanimatsiya qilish choralari koʻriladi, ammo bu ishlar ijobiy natija bermaydi. Tez tibbiy yordam shifokorlari mahbusning oʻlimini tasdiqlashadi. Uning oʻlim haqidagi xabarlar shu kuni Moskva vaqti bilan 14:19 da ommaviy axborot vositalarida paydo boʻladi.
17-fevral kuni Navalniyning jasadi Saleharddagi oʻlikxonaga joʻnatiladi[4].
Sababi
tahrirNavalniyning oʻlimiga tromb yorilishi sabab boʻlganligi xabar qilingan[5]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Russian opposition activist Alexei Navalny dies in prison“. KYODO NEWS (2024-yil 17-fevral). Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
- ↑ „Alexei Navalny, imprisoned Russian opposition leader, is dead at 47“. WP. Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ Light, Felix „Navalny laughed and cracked jokes a day before his death“. reuters.com (16..2.2024). Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ „Navalniyning matbuot kotibi uning o‘limi haqida bayonot berdi“. daryo.uz. Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ „Aleksey Navalniyni davolagan shifokor unga qo‘yilayotgan tashxisga munosabat bildirdi.“. daryo.uz (29-noyabr). Qaraldi: 29-noyabr.