Salehard
Salehard (1933-yilgacha Obdorsk) — shahar, Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyati Yamal Nenetslari muxtor okrugi markazi. Poluy daryosi Ob daryosiga quyiladigan joydagi dare porti, Shimoliy kutbiy doira yaqinida. Obning qaramaqarshi sohilida Labitnangi temir yoʻl stansiyasi bor. Aholisi 30,5 ming kishi (1998). Baliq konserva, sut zavodlari, uysozlik kombinati mavjud. Kurilish detallari ishlab chiqariladi. Yogʻoch ortishtushirish bazasi, zooveterinariya texnikumi, tibbiyot va pedagogika bilim yurtlari, madaniyatmaʼrifat bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Shaharga 1595-yilda asos solingan. S.ning avvalgi nomi Obdorsk — Ob daryosi va komi tilida „dor“ — yoni soʻzlaridan kelib chiqqan; lekin, nenetslar shaharni azaldan „Salehard“, yaʼni, suv yoqasidagi manzilgoh deb atab keladilar.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |