Alessandro Volta

italyan fizigi

Alessandro Volta (italyancha: Alessandro Giuseppe Antonio Anastasio Volta; 1745.18.2-Komo — 1827.5.3) — italyan fizigi va fiziologi. Ilmiy ishlari elektr, kimyo va fiziologiyaga doir. Elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan. Volta 1775-yilda yonuvchi gaz — metanni topgan, Galvani kashf qilgan „jonli elektr“ga qiziqib qolib, bu borada tajribalar oʻtkazgan. Volta 1800-yilda birinchi oʻzgarmas tok manbai — Volta ustunini kashf qilgan, har xil metallar bir-biriga tekkanda elektrlashib qolishini aniqlagan va ular orasida paydo boʻladigan kuchlanish qiymati boʻyicha joylashtirib chiqqan. Elektr kuchlanish birligi (volt) Volta nomi bilan atalgan.

Alessandro Volta
Tavalludi 18-fevral 1745
Vafoti 5-mart 1827
Fuqaroligi Duchy of Milan, Cisalpine Republic, Kingdom of Italy va Kingdom of Lombardy–Venetia

Volta hayvonlar bilan qiyosiy-fiziologik tajribalar oʻtkazib. nerv tolalari, ichaklar va oshqozonning mushaklar va skeletga nisbatan elektr tokini koʻproq oʻtkazishini kuzatgan. U odamning koʻrish va taʼm bilish organlari elektrdan qoʻzgʻalishini aniqlagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil