Alessio Figalli
Alessio Figalli (talaffuzi: Alessio Figalli) (1984-yil 2-aprelda tugʻilgan) — italiyalik matematik. Variatsion hisoblash hamda differensial tenglamalar boʻyicha mutaxassis. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Alessio Figalli | |
---|---|
Tavalludi |
2-aprel 1984-yil Rim |
Fuqaroligi | Italiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Zurich oliy shveysar texnika maktabi Austindagi Texas universiteti Politexnika maktabi (Paris) Nice Sophia Antipolis universiteti |
Akademik rahbarlari |
Luigi Ambrosio Cédric Villani |
Mukofotlari |
Prix va Peccot kurslari (2012) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2012) Stampacchia medali (2015) Feltrinelli mukofoti (2017) Fields medali (2018) |
Turmush oʻrtogʻi | Mikaela Iacobelli |
Figalli 2006-yil Pisa universitetini magistr darajasi bilan tamomlagan. 2007-yil Luigi Ambrosio rahbarligida Pisadagi Oliy normal maktabdan hamda Cédric Villani rahbarligida Lyondagi Oliy normal maktabdan PhD darajasini olgan. Soʻngra Austindagi Texas universiteti hamda Parisdagi Politexnika maktabida ishlagan. 2014-yildan beri Zurich oliy shveysar texnika maktabida ishlab keladi.
Figalli optimal transport, izoperimetrik tengsizliklar, tasodifiy matritsalarni oʻrganib keladi. Bundan tashqari, Schrödinger hamda Vlasov–Poisson tenglamalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan.