Aleut orollari
Aleut orollari — Tinch okean shimolida, Alaska yarim oroldan janubga tomon 1740 kmga yoy shaklida choʻzilgan arxipelag. Aleut botigʻidan kutarilib turgan suv osti togʻlarining tepalari. Koʻpdan-koʻp orol va qoyalardan iborat. Bering dengizini janubiy tomondan oʻrab turadi. Maydoni 37,8 ming km². Aholisi 7,5 ming kishi. Koʻp orollar vulkan to-glaridan iborat. Unimak o.dagi eng ba-land Shishaldin vulkani 2860 m. Aleut orollari da 25 ta soʻnmagan vulkan bor. Tez-tez zil-zila bulib turadi. Iqlimi subarktika okean iqlimi, qishi iliq, nam, kuchli shamollar esib turadi. Kor qalin yogʻadi. Togʻ choʻqqilarini doim qor qop-lab yotadi. Eng sovuq oy — fevralning oʻrtacha temperaturasi −1,4°, baʼzan −10, 15° gacha sovuq boʻladi. Avgustniki 11,9°. Yiliga 1500 mm yogʻin yogʻadi. Oʻsimliklari asosan oʻt 314va butalar; tuproqlari oʻtloq, tundra tuproqlaridir. Maʼmuriy jihatdan AQShning Alyaska shtatiga karashli. Aleut orollari da AKSH harbiy bazalar qurgan. Eng yirik aholi punkti — Adak. Aholisi baliq, dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi. Aleut orollari 18-asr oʻrtalarida Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan. 1867-yil podsho hukumati Aleut orollarini Alyaska bilan birga AQShga sotib yuborgan.
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 6821 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 2857 m. |
Eng baland nuqtasi | Mount Shishaldin |
Ma'muriyat | |
Davlat | AQSh[1] |
Mintaqa | Alyaska |
Demografiya | |
Aholisi | 8162 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Yana qara
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
52°05′49″N 173°30′02″W / 52.09694°N 173.50056°W
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |