Alexander Robert Hirsch (talaffuzi: Aleksandr Robert Hirsh; 1985-yil 18-iyunda Kaliforniyaning Piedmont shahrida tugʻilgan) — amerikalik animator, produser va dublyaj aktyoridir. Disney XD telekanali orqali efirga uzatilgan Gravity Falls multserialining muallifi sifatida tanilgan.

Bolalik yillari va taʼlim tahrir

Hirsch 1985-yilda Kaliforniyaning Piedmont shahrida tugʻilgan. U yerda o‘rta maktabni tamomlagan. 2002-yilda Alex maktablararo anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan qush ovozlariga taqlid qilish tanlovida gʻolib chiqadi [1], shundan soʻng u Devid Lettermanning kechki shousiga taklif qilinadi. Alexning Ariel ismli egizak singlisi bor [2]. Uning otasi millati yahudiy boʻlib, agnostitsizmga amal qiladi [3] .

U Kaliforniya Sanʼat institutiga tashrif buyurardi va u yerda koʻplab loyihalar va qisqa metrajli filmlarni, jumladan, animatsiya va jonli harakatni birlashtirgan birinchi filmi „Off The Wall“ ni yaratdi. Hirsch 2006-yilning yozini Portlendda Laika animatsiya studiyasi uchun keyinchalik yakunlangan film ustida ishlab oʻtkazdi. 2007-yilda kollejni tamomladi.

Karyera tahrir

Sanʼat institutini tamomlagandan soʻng, Hirsch Cartoon Network ning „Flapjackning hayratli baxtsiz hodisalari“ filmida muallif va kadr teruvchi boʻlib ishladi va u yerda institutning boshqa bitiruvchilari Jeyms Garland, Pendleton Uord (shou yozish boʻyicha sherigi)va Patrik MakXeyl bilan hamkorlik qildi. U Maksvell Atoms va kelajakdagi Rik va Morti seriyasi yaratuvchisi Jastin Roiland bilan birga Disney Channel Fish Hooks animatsion seriyalining pilot shaklini ishlab chiqishda davom etdi.

2012-yilda Hirsch Disney Channel [4] uchun Gravity Falls animatsion serialini yaratdi. Voqealari Oregon shtatining Gravity Falls shahrida kechadigan serial premyerasi 2012-yil 15-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Qahramonlarga Jeyson Ritter, Kristan Schaal ovoz bergan. Stenli Payns, Zus, qariya MakGaket, Bill Shifr va boshqa koʻplab ikkinchi darajali qahramonlar Hirschning oʻzini ovozida gapirishadi.

2014-yilda multserial Disney XD kanalida efirga uzatila boshlandi. Serial 2015-yilda BAFTA Childrenʼs va Enni mukofotini qoʻlga kiritdi va bir qancha boshqa mukofotlarga ham, jumladan, 2016 yilda Peabody mukofotiga nomzod boʻldi.

2016-yilning fevralida Hirsch Gravity Falls ustida ishlashni yakunladi va boshqa loyihalarga kirishdi.

2016-yil iyul oyida Hirsch Gravity Falls muxlislari uchun butun dunyo boʻylab, jumladan AQSh, Yaponiya va Rossiyada yashiringan xazinalarga, maxsus yordamlar bilan global xazina ovini („Cipher Hunt“ nomi bilan mashhur) oʻtkazdi. Ovning maqsadi Gravity Falls qahramoni Bill Shifrning haykalini topish edi. Ikki hafta oʻtgach, shou muxlislari Oregon shtatining Ridsport shahridagi haykalni topdilar. Ov paytida Hirschning „Gravity Falls: Diary 3“ kitobi chiqdi, bu 2016-yil 26-iyulga toʻgʻri keladi. Yakunlarga koʻra, kitob deyarli bir yil davomida Nyu-York Taymsning bestsellerlari roʻyxatidan joy egalladi.

Gravity Fallsdan tashqari, Hirsch Fines va Ferb, Rik va Morty kabi bir nechta loyihalarning ovoz berish jarayonlarida qatnashdi va Chelsi Peretti muallifligidagi „Buyuklardan biri“ dasturining maxsus sonida suxandon boʻlib chiqdi. 2016-yil avgust oyida Hirsch pokemonlar haqidagi „Detektiv Pikachu“ nomli yangi filmning hamkor mualliflaridan biri boʻlishi haqidagi xabarlar eʼlon qilindi, biroq bu maʼlumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. 2017-yilning fevral oyida Hirsch „O‘rgimchak odam: Yondosh olamlar“ filmi ssenariysining hamkor mualliflaridan biriga aylandi.

2018-yil fevral oyida Hirsch o‘zining Twitter akkauntida kun davomida chiqargan bir qator jumboqli qismlar orqali Gravity Fallsning yangi grafik romani komiksini eʼlon qildi. Yigʻilgan jumboq bo‘laklari „Gravity Falls: Lost Legends — 4“ — „All- New Adventures“ grafik romanining muqovasini ochib berdi. Komiks 2018-yil 24-iyulda chiqarildi.

2018-yil 27-avgustda Hirsch Amerikaning Netflix striming kompaniyasi bilan koʻp yillik shartnoma imzoladi [5] .

Hozirda Hirsch Dana Terras tomonidan yaratilgan „Owl house“ multserialidagi „King“ personajiga ovoz berish bilan shugʻullanmoqda. Animatsion serial premyerasi 2020-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tdi [6] .

Shaxsiy hayot tahrir

Gravity Falls yozgi taʼtilni egizak singlisi bilan oʻtkazgan Hirschning bolalik davridagi koʻplab tajribalariga asoslangan. Multserialda u koʻplab real voqealarni, masalan, Piemontdagi hayotni va bolaligida singlisi bilan oʻynashlarini mujassam etgan. Gravity Falls filmining bosh qahramonlaridan biri boʻlgan Meybl Paynes egizak singlisi Ariel Hirschdan ilhomlangan. Hirschning soʻzlariga koʻra, xuddi Meybel singari, uning singlisi „haqiqatan ham ahmoqona sviterlar kiyib yurgan va har safar kulgili hazillar bilan shugʻullangan“. Serialda Meybl xuddi singlisi bolaligida orzu qilganidek choʻchqa hayvonini oladi. Katta Sten amaki personaji Hirschning bobosidan ilhomlanib yaratilgan, u Hirschning soʻzlariga koʻra, „hikoyalar aytib beradigan va bizni tez-tez xafa qiladigan yigit edi. Shunday qilib, oilam meni shou qahramonlarini yaratishga ilhomlantirdi“.

Hirsch „Rejalashtirilgan Ota-onalik“, Tabiiy Resurslarni himoya qilish kengashi, „Trevor“ loyihasi va RAICES (Daron Nefsi bilan) kabi turli tashkilotlarga pul yigʻish uchun Dana Terras bilan xayriya koʻrsatuvlarini oʻtkazdi, jami 270 000 dollardan koʻproq pul yigʻildi

Kitoblar tahrir

  • 2016 — Gravity Falls: Jornal 3
  • 2018 — Gravity Falls: Lost Legends


Manbalar tahrir