Aleksandr Oluvatayo Akande (talaffuzi: Alaeksandr Tayo Akande)(1989-yil 9-fevralda tugʻilgan), odatda Aleks Akande yoki Aleks Tayo Akande nomi bilan tanilgan, nigeriyalik professional futbolchi, hozirda Hong kong Premer-ligasining Kitchiee klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Alex Akande
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alexander Oluwatayo Akande
Tavallud sanasi 9-fevral 1989-yil (1989-02-09) (35 yosh)
Tavallud joyi Lagos, Nigeriya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kitchee
Raqami 88
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Tai Chung 7 (7)
2009 Eastern 16 (6)
2009—2010 Kitchee 10 (4)
2009—2010Tai Chung (Ijara) 12 (4)
2010—2011 Tai Chung 19 (3)
2011—2012 Rangers (HKG) 2 (1)
2012HK Sapling (Ijara) 10 (7)
2012—2013 Tai Po 18 (13)
2013—2018 Kitchee 51 (24)
2018 Yanbian Fude 16 (2)
Milliy terma jamoa
2015- Hong Kong 28 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-dekabr 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (21-sentabr 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Tai Chung tahrir

Akande Hong kongga 2008-yilda kelgan va Hong kong ikkinchi ligasida „Tai Chung“ jamoasida oʻynagan. Uning sermahsul oʻyini tez orada birinchi divizion vakili Sharq yulduzi qiziqishini uygʻotgan. Akande 2009-yilning yanvarida Sharqliklar safiga qoʻshilgan va mavsumni 6 gol bilan yakunlagan.

Tai Chung va Kitchee tahrir

Akande 2009/10-yilgi mavsumda Tai Chung jamoasiga qaytgan. Yarim mavsumda Tai Chung uchun 12 ta oʻyinda 3 ta gol urganidan soʻng, u mavsum oʻrtalarida Kitchee jamoasiga qoʻshilgan.

Tai Chung tahrir

Akande yana Tai Chungga qaytdi va 2010/11-yilgi mavsumda jamoada toʻliq mavsum oʻtkazgan. Uning 19 ta oʻyinda kiritgan 3 ta goli Tai Chungni yuqori ligada qolishiga kamlik qilgan va jamoa quyi ligaga tushib ketgan.

Rangers va Hon kong Sapling tahrir

Akandening Hon kongdagi 4-mavsumini Rngersga qoʻshilish bilan boshlagan. U keyinchalik Hong kong Saplingga ijaraga berilgan.

Akande Hong kong Saplingga qoʻshilganidan soʻng u yerda 12 oʻyinda 9 ta gol urgan.

Dalian Yifang tahrir

Akande 2019-yil 28-fevralda Xitoy Superligasi klubi Dalian Yifangga oʻtgan[1]. U uch kundan soʻng Xenan Jianyega qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda debyut qilgan[2].

Kitchee-da uchinchi mafsun tahrir

Dalian uchun bir nechta oʻyinlarda qatnashgan Akande klub tomonidan qoʻyib yuborilgan. Keyinchalik sobiq klubi Kitcheega qoʻshilgan[3].

Xalqaro faoliyati tahrir

Akande Nigeriyada tugʻilgan, ammo Hong kongda yetti yildan ortiq yashaganidan soʻng u Hong kong fuqorologini olgan va 2015-yil oktyabr oyida Hong kong terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan[4]. U 2015-yilning 7-noyabrida Mongkok stadionida Myanmaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga Hong kong terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan[5][6].

Akande Hong kong terma jamoasining JCh—2018 saralashining 2 -bosqichida qolgan uchta oʻyinini Maldiv orollari[7] Xitoy[8] va Qatarga qarshi oʻtkazgan[9]. Hong kong guruh bosqichini 2-oʻrin sohibi sifatida yakunladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Osiyo Kubogi-2019 saralashining uchinchi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.


2016-yil 9-noyabr kuni Akande toʻrtta gol urib, Hong kongni 2017-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogi 2-bosqichida Xitoy Taypeyi ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan jamoa tarkibida maydonga tushgan[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Advance Tai Chung 2008—2009 Hong Kong Ikkinchi Ligasi 7 7 3 3 - 0 0 10 10
Eastern 2008—2009 Hong Kong Birinchi Ligasi 13 3 3 3 - 0 0 16 6
Kitchee 2009—2010 9 4 1 0 - 0 0 10 4
Tai Chung (Ijara) 10 4 2 0 - 0 0 12 4
Tai Chung 2010—2011 17 3 3 0 - 0 0 20 3
Rangers 2011—2012 3 2 1 0 - 0 0 4 2
Hong Kong Sapling (Ijara) 10 7 2 2 - 0 0 12 9
Tai Po 2012—2013 18 13 5 2 - 7 4 30 19
Kitchee 2013—2014 16 7 1 0 - 1 0 18 7
2014—2015 Hong Kong Premyer Ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2015—2016 13 7 0 0 0 0 2 0 15 7
2016—2017 11 5 3 0 2 1 1 0 17 6
2017—2018 10 5 2 2 6 0 2 1 20 8
Jami 51 24 6 2 8 1 6 1 71 28
Yanbian Fude 2018 Xitoy Birinchi Ligasi 16 2 0 0 - - 16 2
Dalian Pro 2019 Xitoy Super Ligasi 3 0 1 0 - - 4 0
Karyerada jami 157 69 27 12 8 1 13 5 205 87

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Hong Kong 2015-yil 3 1
2016-yil 7 8
2017-yil 6 0
2018-yil 6 1
2019-yil 5 0
2020-yil 0 0
2021-yil 0 0
2022-yil 1 0
Jami 28 10

Manbalar tahrir