Alexander Dmitriyevich Barabanov (talaffuzi: Aleksandr Dmitriyevich Barabanov) (ruscha: Александр Дмитриевич Барабанов) (1994-yil 17-iyunda tugʻilgan) – rossiyalik professional xokkeychi. Alexander Barabanov Milliy xokkey ligasining (NHL) „San Jose Sharks“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Alexander Barabanov
Barabanov SKA-1946 klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 17-iyun 1994-yil (1994-06-17) (30 yosh)
Sankt-Peterburg, Rossiya
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
San Jose Sharks
SKA Saint Petersburg
Toronto Maple Leafs
Milliy jamoa  Rossiya
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Klublardagi oʻyin faoliyati

tahrir

Alexander Barabanov Kontinental xokkey ligasida 2013—2014-yilgi KHL mavsumida „SKA Saint Petersburg“ xokkey jamoasida oʻynagan[1]. Alexander Barabanov „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi safida jami yetti mavsum davomida faoliyat olib borgan. Shundan soʻng, 2020-yil 7-aprelda Alexander Barabanov "Toronto Maple Leafs" xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Bu bilan Alexander Barabanov oʻz faoliyatini NHLda davom ettirishni istagini amalga oshirdi[2].

Alexander Barabanov 2021-yil 13-yanvarda "Montreal Canadiens" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:4 hisobidagi qoʻshimcha taymdagi gʻalaba) NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[3]. Alexander Barabanov „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safidagi dastlabki mavsumida 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Alexander Barabanov „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining AHL filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubi safiga yuborildi[4].

2021-yil 12-aprelda Alexander Barabanov „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi tomonidan Antti Suomela evaziga „San Jose Sharks“ xokkey klubiga sotildi[5]. Alexander Barabanov „San Jose Sharks“ xokkey klubidagi ilk oʻyinini 2021-yil 26-aprelda "Arizona Coyotes" xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi[6]. 2021-yil 12-mayda Alexander Barabanov klub bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi[7].

2022-yilda Alexander Barabanov klub bilan yana ikki yillik 5 million dollarlik shartnoma imzoladi[8].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

tahrir

Alexander Barabanov Rossiya milliy xokkey terma jamoasi safida oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati va kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Alexander Barabanov 2018-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Rossiya Olimpiada sportchilari jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

tahrir
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 SKA-1946 St. Petersburg MHL 29 6 4 10 10
2011—2012 SKA-1946 St. Petersburg MHL 48 18 21 39 16 5 2 0 2 0
2012—2013 SKA-1946 St. Petersburg MHL 64 39 42 81 14 7 5 2 7 27
2012—2013 HK VMF St. Petersburg VHL 1 0 0 0 0
2013—2014 SKA-1946 St. Petersburg MHL 20 18 12 40 4 6 3 1 4 0
2013—2014 SKA Saint Petersburg KHL 5 1 0 1 2 4 1 0 1 0
2013—2014 HK VMF-Kareliya St. Petersburg VHL 21 7 3 10 8
2014—2015 SKA-1946 St. Petersburg MHL 21 16 15 31 6 15 9 8 17 2
2014—2015 SKA Saint Petersburg KHL 15 4 2 6 0 1 0 0 0 0
2014—2015 SKA-Kareliya St. Petersburg VHL 13 1 2 3 6
2015—2016 SKA Saint Petersburg KHL 40 6 11 17 48 14 1 3 4 4
2015—2016 SKA-Neva St. Petersburg VHL 10 10 3 13 0
2016—2017 SKA Saint Petersburg KHL 55 13 12 25 10 17 2 2 4 2
2017—2018 SKA Saint Petersburg KHL 46 10 12 22 4 13 3 3 6 6
2018—2019 SKA Saint Petersburg KHL 58 17 29 46 12 15 3 2 5 2
2019—2020 SKA Saint Petersburg KHL 49 11 9 20 22 4 1 2 3 2
2020—2021 Toronto Maple Leafs NHL 13 0 1 1 4
2020—2021 Toronto Marlies AHL 2 2 3 5 0
2020—2021 San Jose Barracuda AHL 2 0 0 0 0
2020—2021 San Jose Sharks NHL 9 3 4 7 2
2021—2022 San Jose Sharks NHL 70 10 29 39 14
KHL jami 262 62 75 137 54 68 11 12 23 16
NHL jami 92 13 34 47 20

Xalqaro

tahrir
Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012-yil Rossiya WJC18 5 6 1 1 2 0
2014-yil Rossiya WJC   7 3 3 6 4
2017-yil Rossiya WC   10 0 3 3 2
2018-yil OAR OG   6 1 1 2 2
2018-yil Rossiya WC 6 8 4 4 8 2
2019-yil Rossiya WC   10 0 3 3 2
2021-yil ROC WC 5 8 4 4 8 2
Oʻsmirlar safida 13 4 4 8 4
Kattalar safida 42 9 15 24 10

Manbalar

tahrir
  1. „Alexander Barabanov player profile“. Kontinental Hockey League (2016-yil 16-may). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  2. Hornby, Lance. „Maple Leafs sign Alexander Barabanov to one-year deal“. National Post (2020-yil 7-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  3. „Maple Leafs collect opening night win“. ESPN (2021-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.
  4. „Sharks Acquire Forward Alexander Barabanov from Toronto for Antti Suomela“. San Jose Sharks (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  5. „Sharks Acquire Forward Alexander Barabanov from Toronto for Antti Suomela“. San Jose Sharks (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  6. „Coyotes lose ground in West playoff race with loss to Sharks“. San Jose Sharks (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  7. „Sharks Sign Forward Alexander Barabanov“. Milliy xokkey ligasi. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  8. „Sharks Re-Sign Forward Alexander Barabanov“. Milliy xokkey ligasi (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.