Qishki Olimpiya o‘yinlari 2018

Qishki Olimpiya o'yinlari 2018 (inglizcha: 2018 Winter Olympics, fransuzcha: Jeux Olympiques d’hiver de 2018, rasmiy nomi: XXIII qishki Olimpiya oʻyinlari ) — 2018-yil 9-fevraldan25-fevralgacha bo‘lgan olimpiya Pxyonchxan okrugi, Kanvondo provinsiyasi, Koreya Respublikasi maydonlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro sport tadbiri sanaladi.

Ushbu Olimpiya o‘yinlariga kelib tushgan murojaatlar 2009-yil 15-oktabrgacha topshirilgan. 2011-yil 6-iyulda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Durban shahrida (Janubiy Afrika Respublikasi) o‘zining 123-sessiyasida Pxyonchxanni XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari poytaxti deb e’lon qildi .

Poytaxt saylovlari tahrir

 
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak mamlakatning XXIII qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish istagini bildirish chog‘ida
 
XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining Olimpiya medallari to‘plami

Musobaqani o‘tkazish uchun 3 ta shahar (eng kam murojaatnomani 1988-yilda Kanadaning Kalgaridagi Qishki Olimpiya o‘yinlari) o‘z murojaatlarini topshirishdi:

  •   Anesi, Fransiya — murojaatnomani birinchi topshirgan mamlakat.
  •   Myunxen, Germaniya — 1972 yil yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan, shundan beri Germaniyada birorta ham Olimpiada o‘tkazilmagan.
  • Pxyonchxan, Koreya Respublikasi — ketma-ket uch marotaba murojaatnoma (saylov g‘olibi).

Murojaatnoma tafsilotlari tahrir

  • Pxyonchxan g‘alabasidan oldin 2014-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari uchun Sochiga bor-yo‘g‘i to‘rtta ovoz berish imkoniyatini boy bergan, to‘rt yil avval esa 2010-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida Vankuverga uchta ovoz berishda yengiladi. Osiyo davlatlaridan ovoz berishda Qishki Olimpiya o‘yinlari faqat Yaponiyada (ikki marta: 1972-yilda Sapporoda va 1998-yilda Naganoda) o‘tkaziladi.
  • Germaniya mamlakati birlashganidan keyin birinchi marta Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin edi. Biroq dastavval GFR (Germaniya federativ respublikasi)1972-yilda Myunxendagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Qishki Olimpiya o‘yinlarini bir marta: 1936-yilda Garmish-Partenkirxenda, bir yili Berlindagi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazadi. Ushbu Olimpiya o‘yinlarida Germaniya g‘alaba qozongan taqdirda ham yozgi va qishki Olimpiyada o‘tkazilgan bir shahar uning poytaxti bo‘lib qolardi.
  • Fransiya so‘nggi marta 1992-yilda Albertvilda Qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiladi va ushbu mamlakatda jami ikkita yozgi va uchta qishki Olimpiya o‘yinlariga (soni bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi, sakkizta yozgi va qishki o‘yinlari sanab o‘tilganda) mezbonlik qiladi.  

Shahar saylovi bo‘yicha yakuniy ovoz berish 2011-yil 6-iyulda Janubiy Afrikaning Durban shahrida o‘tkazilgan XOQning 123-sessiyasida bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish birinchi turda o‘z nihoyasiga yetadi, ya’ni unda ishtirok etgan XOQ a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta nomzodga ovoz berishgan bo‘ladi .

Ovoz berish natijalari
Nomzodlar Mamlakat 1-raund
Pxyonchxan   Koreya Respublikasi 63
Myunxen   Germaniya 25
Annesi   Fransiya 7

Simvoli tahrir

Emblemasi tahrir

Logotipning asosiy elementlari koreys alifbosidagi Hangul alifbosi "ㅍ" va "ㅊ" ramzlari undosh tovushlar bo'lib, Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan joy  —Pxyonchxan, xangul tilida — 평창 ma’nosini bildiradi. Birinchi element "ㅍ" koreys an'anaviy madaniyati Chxon-Ji-in (天地人) ning uchta tarkibiy qismini osmon, yer va inson uyg'unligi mavjudligini ramziy ma’nosini beradi. Ikkinchi element "ㅊ" qor va muz bo'lib, tegishli qishki sport turlarini anglatadi[1]. Amaldagi beshta rang Koreyaning an'anaviy ranglari bo'lib, Olimpiya bayrog'i ranglariga oq, qora, ko'k/yashil, sariq va qizillarga mos keladi.

Logotip 2013-yil 3-mayda taqdim etiladi. Uning muallifi janubiy koreyalik mashhur rassom-dizayner Xa CHJon-ju (Ha Jong-joo) bo‘lgan.

Musobaqalar tahrir

Sport turlari tahrir

Olimpiya o‘yinlari dasturiga 7 ta qishki sport turini tashkil etuvchi 15 ta qishki sport yo‘nalish tarkibiga biriktirilgan[2]. 3 ta yo‘nalish konki bo‘yicha ( figurali uchish, konkida tez uchish va short-trek ), 6 ta yo‘nalish chang‘i sporti bilan ( tog' chang'isi, chang'i sporti, fristayl, chang‘ida ikkikurash, chang'ida sakrash va snoubord ), 2 ta bobsley sporti: bobsley va skeleton va 4 ta boshqa sport turlari: biatlon, kyorling,xokkey va chana sporti.

XOQ 2018-yilgi Olimpiada dasturiga oltita yangi yo‘nalish, jumladan, big-eyr snoubordda (erkaklar va ayollar), konkida tez uchish bo‘yicha mass-start (erkaklar va ayollar), dabl-mikst kyorlingi va tog‘ chang‘isi bo‘yicha jamoaviy musobaqalarni kiritdi. Ikki yo‘nalish bundan mustasno ؅— snoubordda parallel slalom (erkaklar va ayollar). Shu tariqa, Sochi-2014 bilan solishtirganda jami yo‘nalish soni 4 taga ko‘payib, 102 tani tashkil etadi. Bu haqdagi qaror XOQ Ijroiya qo‘mitasining 2015-yil 8-iyun sanasi Lozannadagi yig‘ilishida qabul qilingan.

Ishtirokchilar tahrir

Pxyonchxandagi Olimpiya o‘yinlarida 92 mamlakat vakillari ishtirok etdi. Shulardan qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba 6 ta davlat ishtirok etadi: Kosovo Respublikasi, Malayziya, Nigeriya, Singapur, Ekvador va Eritreya . Tanaffusdan so'ng Boliviya, Gana, Keniya, Kolumbiya, Shimoliy Koreya, Madagaskar, Puerto-Riko va Janubiy Afrika terma jamoalari yana chiqish qilishadi. 2017-yil 2-dekabr kuni KXDR terma jamoasi Olimpiadada ishtirok etmasligi maʼlum boʻldi [3] . Shu yilning 9 yanvarda ikki Koreya o‘rtasidagi muzokaralar natijasida KXDRning Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvi qabul qilinadi[4] . Shuningdek, o‘yinlarda Koreya birlashgan ayollar xokkey terma jamoasi ham ishtirok etadi.

 
  2018 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar
  Qishki Olimpiya o'yinlarida debyut qilgan mamlakatlar
Ishtirokchi Milliy olimpiya qo'mitalari

Medallar hisoboti tahrir

Mazkur jadvalda oltin medallar soni bo‘yicha birinchi o‘nta mamlakat ko‘rsatilgan. Oltin medallar soni teng bo‘lgan taqdirda, o‘rinlar kumush medallar soniga qarab taqsimlanadi.

  Medallarning umumiy soni Jami
O'rin Mamlakat Oltin Kumush Bronza
1 border|22x22px|Норвегия (NOR) Норвегия 14 14 11 39
2 border|22x22px|Германия (GER) Германия 14 10 7 31
3 border|22x22px|Канада (CAN) Канада 11 8 10 29
4 border|22x22px|США (USA) США 9 8 6 23
5 border|22x22px|Нидерланды (NED) Нидерланды 8 6 6 20
6 border|22x22px|Швеция (SWE) Швеция 7 6 1 14
7 border|22x22px|Южная Корея (KOR) Южная Корея 5 8 4 17
8 border|20x20px|Швейцария (SUI) Швейцария 5 6 4 15
9 border|22x22px|Франция (FRA) Франция 5 4 6 15
10 border|22x22px|Австрия (AUT) Австрия 5 3 6 14
Jami 103 102 102 307
  1. „Олимпийская эмблема, талисман плакат. XXIII зимние Олимпийские Игры Пхёнчхан 2018“. 2018-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
  2. Olympic Programme. PyeongChang-2018 (Wayback Machine saytida 2018-01-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Спортсмены из КНДР не примут участия в зимней олимпиаде 2018 года“. 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-dekabr.
  4. Северокорейские спортсмены поедут на Олимпиаду в Пхёнчхане (Wayback Machine saytida 2018-01-20 sanasida arxivlangan)