Togʻ changʻi sporti

Togʻ changʻi sporti - maxsus yoʻlakchalar boʻylab togʻdan tushish, changʻi sportinnnt tarkibiy qismi; unga slalom (changʻida sunʼiy yoki tabiiy toʻsiqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va koʻp kurash musobaqalari kiradi. Musobaqa qoidalarini 1marta angliyalik A. Lunn (20-asrning 20-yillarida) kiritgan. 1musobaka 1923-yil Shveysariyada boʻlgan; 1930-yildan jahon birinchiligi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. 1936-yildan kishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy olgan. Oʻzbekistonda Togʻ changʻi sportis. musobaqalari, asosan, Boʻstonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida oʻtkaziladi. Togʻ changʻichilari har yili 2-marta (yezda va qishda) respublika birinchiligi va Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. "Qishki taʼtillar", "Chimyon sovrini" musobaqalari eng kuchli togʻ changʻichilarini toʻplaydi. Sport ustasi Gʻayrat Ermetov yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor boʻlgan. 2004-yilgi Oʻzbekiston chempioni Kseniya Grigoryeva ayollar oʻrtasida yetakchi togʻ changʻichisidir. Oʻzbekiston Togʻ changʻi sportis. uyushmasi (1998-yil tuzilgan) xalqaro Togʻ changʻi sporti s. federatsiyasi (FIS) ga qabul qilingan.