Kseniya Igorevna Grigoreva (1987-yil 25-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi. 2003-yildan togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2010 va 2014-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Kseniya Grigoreva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 25-noyabr 1987-yil (1987-11-25) (36 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Togʻ changʻi sporti

Tarjimai hol

tahrir

Tajribali sportchi Germaniya, Qozogʻiston, Koreya, Eron kabi koʻplab davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, sovrindorlar safidan oʻrin egallagan.

Kseniya Grigoreva 2010-yil Vankuver shahrida (Kanada) boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida slalom gigant boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirok etgan. 2011 va 2013-yillarda oʻtkazilgan Jahon chempionati qatnashchisi. 2011-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan qishki Osiyo oʻyinlarida 4-oʻrinni band etgan[1].

Sochi-2014 qishki Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasiga 2013-yilning avgust — sentabr oylari Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan musobaqada sazovor boʻldi va boʻlajak musobaqaga Italiya, Avstriya, Shveysariya kabi davlatlarda tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari orqali xozirlik koʻrdi[2].

Kseniya Grigoreva 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini 18-fevral kuni togʻ changʻisining slalom yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladigan bahslar orqali boshlaydi (Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi).

Manbalar

tahrir
  1. “Сочи-2014” қишки Олимпиада ўйинларида иштирок этадиган спортчиларимиз хақида маълумот, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-13
  2. Сочидаги Олимпия шаҳарчасида Ўзбекистон байроғи кўтарилди, 2014-02-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-13