München
Myunxen — Germaniyadagi shahar, Alp togʻlari etagida, Izar daryosi boʻyida. Bavariya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazlaridan. Elektrotexnika, radioelektronika, optika-mexanika, umumiy va transport mashinasozligi (jumladan, avtomobilsozlik, lokomotivsozlik va samo-lyotsozlik), harbiy, kimyo, trikotaj, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten kurilgan. Maksimilian nomidagi universitet, FA, Nafis sanʼat akademiyasi, Bavariya milliy muzeyi, etnografiya muzeyi, kartinalar galereyasi, gliptoteka (haykaltaroshlik sanʼati muzeyi) va boshqa bor. M. oʻrnida 8-asrda qishloq boʻlgan. 1158-yildan shahar huquqini olgan. 13-asrdan 1871-yilgacha Bavariya poytaxti. Olmoniya imperiyasi tuzilgach (1871), shahar Bavariya bilan birgalikda uning tarkibiga kirgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 13—19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan. M. da muntazam ravishda xalqaro yarmarkalar oʻtkazilib turiladi. 1972-yilda M.da 20-Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[1]
München | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
48°8′0″N 11°34′0″E / 48.13333°N 11.56667°E G OKoordinatalari: 48°8′0″N 11°34′0″E / 48.13333°N 11.56667°E G O | |
Mamlakat | Olmoniya |
Yer | Bavariya |
Hukumat | |
• Oberburgomistr | Dieter Reiter |
Asos solingan | 1158 |
Maydon | 31,043 km2 (11,986 mi²) |
Markazi balandligi | 519 m |
Aholisi (2011) |
1 410 259 |
Zichligi | 4397 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 089 |
Pochta indeks(lar)i | 80331-81929 |
Avtomobil kodi | M |
Rasmiy kodi | 09 1 62 000 |
|
München Olmoniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 310,43 km2. Aholisi – 1 410 259 kishi (2011).
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |