Durban, Port-Natal —JAR ning sharqidagi shahar, Natal provinsiyasida. Hind okeani soxilidagi yirik port, yillik yuk ortib-tushirish 18 mln. t. Aholisi 720 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, toʻ-qimachilik, oynasozlik, qogʻoz, kemasozlik va kema taʼmirlovchi korxonalar, t.-yil ustaxonalari mavjud. Natal provinsiyasi universiteti fakultetlari bor. Iqlim kurorti. Yevropaliklar D.ga dastlab 1824-yilda kelib oʻrnashgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil