Alexander Coosemans
Alexander Coosemans (talaffuzi: Aleksandr Kuzmans; 1627-yil, Antverpen – 1689-yil, Antverpen) – janubiy niderlandiyalik (flamand) rassom, flamand barokko uslubidagi natyurmort ustasi. Rassom gullar va mevalar aks etgan kompozitsiyalarni, shuningdek, vanitas janridagi natyurmortlarni va flamandcha „hashamatli natyurmortlar“ (pronkstillevens)ni chizgan[1].
Alexander Coosemans | |
Tavalludi | 1627-yil Antverpen |
Vafoti | 1689-yil Antverpen |
Millati | niderland |
Sohasi | rassom (natyurmort) |
Biografiyasi
tahrirCoosemansning hayoti haqida juda kam maʼlumotlar mavjud. Rassom Antverpenda tugʻilgan, u yerda 1627-yil 18-martda choʻqintirilgan. Uning otasi bryussellik duradgor boʻlib, 1617-yilda Antverpenga koʻchib kelgan. Onasi Gertruda Bek. Otasi gazlamalarni sotishdan daromad qila boshlagani sababli oʻgʻlini yaxshi oʻqituvchida oʻqitadi[2] .
1641-yilda Coosemans Gollandiyadagi yetakchi natyurmort rassomi Jan Davidsz. de Heemga shogirdlikka tushadi. 1645-yilda Antverpendagi „Sint-Lucasgilde“ (tarjimasi „Avliyo Luka gildiyasi“)ning rassomi boʻladi.
1649—1651-yillarda Coosemans Italiyada boʻlib, Doria-Pamfili-Lendi oilasining buyurtmasiga asosan Villa del Principedagi dekorativ panellar uchun meva va gullar aks etgan natyurmortlarni chizgan[3][4].
Coosemans 1651-yilda Antverpenga qaytib keladi va umrining oxirigacha uylanmasdan, yakka yashagan. 1689-yilda vafot etgan.
Ijodi
tahrirCoosemans asosan gullar, mevalar va jonsiz narsalarni chizgan. Shuningdek, vanitas va hashamatli natyurmortlar (pronkstillevens) janrida natyurmortlar chizgan. Uning natyurmortlari ancha xilma-xil boʻlgan. Rassom suratlarni chizishda soya effektlaridan foydalanishni afzal koʻrgan. Bu shaxsiy uslubi Italiyada boʻlgan paytda paydo boʻlgan.
Galereya
tahrir-
Meva natyurmorti. 1650—1699-yillar oraligʻida. Xolst, moy boʻyoq. Mayer van den Berg muzeyi, Antverpen
-
Allegory of the Eucharist. 1641—1689-yillar oraligʻida. Xolst, moy boʻyoq. Musee de Tesse, Le Mans, Fransiya
-
Fruit Piece. 1651—1689-yillar oraligʻida. Xolst, moy boʻyoq. Bowes muzeyi, Angliya
-
Anor, shaftoli, uzum, makkajo'xori, turli mevalar va yong'oqlardan iborat guldasta natyurmorti. Xolst, moy boʻyoq. Shaxsiy kolleksiya
-
Vanitas. 1641—1689-yillar oraligʻida. Xolst, moy boʻyoq. Qirollik nafis san'at muzeyi, Bryussel
-
Chigʻanoq va mevalar natyurmorti. 1650-yil. Yogʻoch, moy boʻyoq. Galereya Mullenmeister, Solingen, Germaniya
Manbalar
tahrir- ↑ Neues allgemeines Künstler-Lexicon; oder Nachrichten von dem Leben und den Werken der Maler, Bildhauer, Baumeister, Kupferstecher etc. Bearb. von Dr. G. K. Nagler. – München: E. A. Fleischmann, 1835—1852
- ↑ Frans Jozef Peter Van den Branden. Geschiedenis der Antwerpsche schilderschool. – Antwerpen, 1883. – P. 1122
- ↑ Rathschüler A. Palazzo del Principe: villa di Andrea Doria. – Sagep, 1997. – R. 11
- ↑ Teresa Pugliatti, Caterina Zappia. Scritti in Onore Di Alessandro Marabottini. – De Luca, 1997. – R. 205