Alexander Søderlund
Alexander Toft Søderlund (talaffuzi: Aleksandr Syoderlunn; 1987-yil 3-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Haugesund jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alexander Toft Søderlund[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-avgust 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Haugesund, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.87 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Haugesund | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Ersmarks IK | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 | Haugesund | 0 | (0) |
2006—2008 | Vard Haugesund | 11 | (4) |
2008 | Virtus Lanciano | 0 | (0) |
2008—2010 | Treviso | 0 | (0) |
2008 | → UR Namur (ijara) | 3 | (0) |
2009 | → Botev Plovdiv (ijara) | 0 | (0) |
2009 | → FH (ijara) | 18 | (3) |
2010 | Lecco | 7 | (0) |
2010 | Vard Haugesund | 12 | (4) |
2011—2013 | Haugesund | 70 | (24) |
Milliy terma jamoa | |||
2006 | Norvegiya U21 | 1 | (0) |
2012—2017 | Norvegiya | 32 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 7-noyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirYoshligida Søderlund Stegaberg IL, Haugesund va Vard Haugesundda oʻynagan[2]. Keyinchalik sayohatchi boʻlib, 2008—2010-yillarda toʻrtta xorijiy davlatning oltita turli klubida oʻynadi.
Xorijdagi omadsiz tajribasi 2010-yilning yozida, Italiya toʻrtinchi divizioni vakili Calcio Lecco jamoasida tugadi.
Keyin vataniga qaytib keldi va 2010-yilgi mavsumda sobiq klubi Vard Haugesund (Norvegiya ikkinchi divizioni) jamoasida oʻynadi.
2011-yilning yanvarida „Haugesund“ klubiga oʻtdi va 2011-yilning 20-martida Søderlund Tromsøga qarshi debyut qildi. 2011-yil 8-may kuni Stabæk darvozasiga ikkita gol urdi va debyut mavsumini 11 ta gol bilan yakunladi.
2013-yil 17-iyun kuni Rosenborg BK Søderlundni Haugesunddan sotib olganini eʼlon qildi. Søderlund klubga 15-iyul kuni kelib qoʻshildi[3]. Rosenborg 2013-yilgi Norvegiya futbol kubogi finalida Moldega qarshi oʻyinda 4:2 hisobida magʻlub boʻldi. Søderlund klub bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2016-yilning 4-yanvarida Søderlund AS Saint-Étiennega 3,5 yillik shartnoma asosida qoʻshildi. „Rosenborg“ga toʻlangan transfer narxi 1,5 dan 2 million yevrogacha baholangan[4]. 13 kundan soʻng, Lyonga qarshi derbida oʻzining debyut hamda uchrashuvning yagonona golini kiritdi[5].
Tezlik va texnikaning yetishmasligi sababli Fransiyada tez-tez tanqid qilindi. Shuning uchun 2018-yilning yanvarida sobiq jamoasi „Rosenborg“ga oʻtdi. Toʻlangan transfer narxi 500 000 yevroga baholangan[6].
Xalqaro faoliyati
tahrir2011-yil 23-noyabrda Søderlund 2012-yil yanvarida Tailandda o‘tkaziladigan uchta o‘rtoqlik o‘yini uchun Norvegiya terma jamoasiga kiritildi[7]. Norvegiya terma jamoasi safida 2012-yilning 15-yanvarida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (1:1) oʻynadi[8]. 2012-yil 11-sentabrda Sloveniyaga qarshi 2014-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida 89-daqiqadan so‘ng Elyunussining o‘rniga maydonga tushdi, uchrashuvda Norvegiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi[9].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 7-noyabr, 2022-yil[10]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Treviso | 2008—2009 | Serie B | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
Namur (ijara) | 2008—2009 | Belgiya ikkinchi divizioni | 3 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||
FH (ijara) | 2009 | Úrvalsdeild | 18 | 3 | — | 2 | 0 | 20 | 3 | |
Lecco | 2009—2010 | Lega Pro | 7 | 0 | — | — | 7 | 0 | ||
Haugesund | 2011 | Tippeligaen | 29 | 11 | 4 | 4 | — | 33 | 15 | |
2012 | Tippeligaen | 29 | 10 | 3 | 2 | — | 32 | 12 | ||
2013 | Tippeligaen | 12 | 3 | — | — | 12 | 3 | |||
Jami | 70 | 24 | 7 | 6 | 0 | 0 | 77 | 30 | ||
Rosenborg | 2013 | Tippeligaen | 13 | 3 | 1 | 1 | 2 | 1 | 16 | 5 |
2014 | Tippeligaen | 23 | 13 | 3 | 1 | 5 | 2 | 31 | 16 | |
2015 | Tippeligaen | 27 | 22 | 4 | 2 | 14 | 6 | 45 | 30 | |
Jami | 63 | 38 | 8 | 4 | 21 | 9 | 92 | 51 | ||
Saint-Étienne | 2015—2016 | Liga 1 | 14 | 2 | 1 | 0 | — | 15 | 2 | |
2016—2017 | Liga 1 | 17 | 1 | 2 | 1 | 4 | 2 | 23 | 4 | |
2017—2018 | Liga 1 | 12 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 | |
Jami | 43 | 3 | 4 | 1 | 4 | 2 | 51 | 6 | ||
Rosenborg | 2018 | Eliteserien | 27 | 8 | 6 | 5 | 10 | 1 | 43 | 14 |
2019 | Eliteserien | 28 | 8 | 2 | 0 | 13 | 5 | 43 | 13 | |
Jami | 55 | 16 | 8 | 5 | 23 | 6 | 86 | 27 | ||
Häcken | 2020 | Allsvenskan | 23 | 8 | 4 | 0 | 0 | 0 | 27 | 8 |
Çaykur Rizespor | 2020—2021 | Süper Lig | 12 | 1 | 0 | 0 | — | 12 | 1 | |
Haugesund | 2021 | Eliteserien | 15 | 4 | 0 | 0 | — | 15 | 4 | |
2022 | 25 | 4 | 0 | 0 | — | 25 | 4 | |||
Jami | 40 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 40 | 8 | ||
Jami faoliyati | 334 | 101 | 31 | 16 | 50 | 17 | 416 | 134 |
Xalqaro gollar
tahrir- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Norvegiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Søderlund golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Mnb. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2015-yil 10-oktyabr | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Malta | 2—0 | 2—0 | UEFA Yevro-2016 saralashi | [11] |
2 | 2017-yil 10-iyun | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Chexiya | 1—1 | 1—1 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi | [12] |
Yutuqlari
tahrirRosenborg
- Eliteseriya: 2015, 2018
- Norvegiya kubogi: 2015, 2018
- Mesterfinalen: 2018-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Alexander Toft Søderlund“ (no). Norwegian Football Federation. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ „Søderlund i U21-troppen“ (no). Haugesunds Avis (2009-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
- ↑ Gravdal, Lena Gundersby. „Søderlund klar for Rosenborg“ (no). NRK (2013-yil 17-iyun). Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
- ↑ „Soderlund (Rosenborg) pour trois ans et demi à Saint-Etienne“ (fr). francetvsport (2016-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
- ↑ „Foot. Ligue 1 : Saint-Etienne gagne son derby contre Lyon (1-0)“ (fr). Le Parisien (2016-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
- ↑ Alexander Soderlund back to Rosenborg
- ↑ „14 spillere kan få sin landslagsdebut“ (no). vg.no. VG (2011-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 23-noyabr.
- ↑ „Elyounoussi reddet Norge: – Dette lover godt“ (no). vg.no. VG (2012-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
- ↑ Ramm, Nicolay Andre; Bentsen, Anders Rove. „Søderlund: – Kunne nok holdt meg på beina“ (no). NRK (2012-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 14-oktyabr.
- ↑ „A. Søderlund“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
- ↑ „Norway 2 Malta 0“. ESPN. Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Norway 1-1 Czech Republic“. BBC Sport. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.