Alexander Tikhonov
Alexander Ivanovich Tikhonov (ruscha: Александр Иванович Тихонов; 1947-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — sobiq sovet biatlonchisi. 2007-yil 23-iyulda odam oʻldirish uchun til biriktirishda aybdor deb topilgan va uch yilga ozodlikdan mahrum qilingan, ammo u darhol amnistiyaga uchrab va ayblovlar olinib, qamoqda koʻp oʻtirmagan.
Alexander Tikhonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
2-yanvar 1947-yil Uyskoye, Kolkhozny, Rossiya |
Sport | |
Qaysi sport | Biatlon |
Hayot va faoliyati
tahrirTixonov Novosibirskdagi „Dinamo“ da shugʻullangan. Sportchi biatlon boʻyicha toʻqqizta jahon chempionati oltin medalini va toʻrtta Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritgan. Uning shkafida shaxsiy Olimpiya oltin medali yoʻq, lekin 1968-yil, 1972-yil, 1976-yil va 1980-yillarda oltin medal estafetasini qoʻlga kiritgan jamoalarda ishtirok etgan.
U 2000-yillarning boshlarida bir necha yil Avstriyada yashagan.
Xalqaro biatlon ittifoqi
tahrir2002-yil may oyida u Xalqaro biatlon ittifoqining (IBU) vitse-prezidenti etib saylangan. IBU tomonidan olib borilgan ikki yillik tergov shuni koʻrsatdiki, 2009-yilda u IBU Bosh kotibiga rossiyalik sportchilar tomonidan doping isteʼmol qilganiga oid dalillarni izlamaslik umidida unga zargarlik qutisini taklif qilgan[1].
Qotillik qilish uchun fitna
tahrir2000-yilda Kemerovo viloyati gubernatori Aman Tuleyevni oʻldirishni rejalashtirishda ishtirok etganlikda ayblangan. Ayblovga koʻra, Mixail Jivilo ismli tadbirkor va uning MIKOM kompaniyasi Tuleyev bilan oʻzaro biznes mojarosi boʻlgan va Jivilo qasos sifatida Tuleyevni oʻldirishni uyushtirishga qaror qilgan. Jivilo Tixonovni yaxshi tanigan va goʻyo undan yordam soʻragan sifatida bogʻlangan. Tixonov uni muroojatiga koʻra oʻzining ukasi Viktor Tixonov bilan uchrashtirgan, u ikki potentsial qotilni topgan (Vladimir Xarchenko va Sergey Nikanorov. Xarchenko), Nikanorov FSBga borib, ularga qotillik rejalari haqida aytib bergan. Viktor Tixonov 2002-yilda ayblanib, toʻrt yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Aleksandr Tixonov bir necha yil Avstriyada yashagani uchun unga boshqa ayblanuvchilardan alohida ayblov eʼlon qilingan. 2007-yil 23-iyulda u qotillik sodir etishda aybdor deb topilgn va uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq, u darhol amnistiyaga uchrab va ayblovlar olinib, qamoqda koʻp oʻtirmagan[2].
Biatlon natijalari
tahrirBarcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan[3].
Olimpiya oʻyinlari
tahrir5 ta medal (4 ta oltin, 1 ta kumush)
Musobaqa | Yakkalik | Sprint | Estafeta |
---|---|---|---|
1968-yil Grenobl | Kumush | Oltin | — |
1972-yil Sapporo | 4 | Oltin | — |
1976-yil Insbruk | 5 | Oltin | — |
1980-yil Leyk Plasid | — | 9 | Oltin |
- *Sprint 1980-yilda musobaqa sifatida qoʻshilgan.
Jahon chempionatlari
tahrir17 ta medal (11 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza)
Musobaqa | Yakkalik baxslar | Sprint | Estafeta |
---|---|---|---|
1967-yil Altenberg | 9 | Kumush | — |
1969-yil Zakopane | Oltin | Oltin | — |
1970-yil Ostersund | Oltin | Oltin | — |
1971-yil Xameenlinna | Kumush | Oltin | — |
1973-yil Leyk Plasid | Oltin | Oltin | — |
1974-yil Minsk | 5 | 11 | Oltin |
1975-yil Antholz-Anterselva | 7 | 6 | Kumush |
1976-yil Antholz-Anterselva | Oltin | — | — |
1977-yil Lillexammer | Bronza | Oltin | Oltin |
1978-yil Xochfilzen | 17 | 17 | 4 |
1979-yil Ruhpolding | Kumush | 6 | Bronza |
Shaxsiy gʻalabalari
tahrir2 ta gʻalaba
Mavsum | Sana | Manzil | Turi | Daraja |
---|---|---|---|---|
1978—1979-yil |
1979-yil 21-yanvar | Antholz-Anterselva | 10 km sprint | Biatlon boʻyicha Jahon kubogi |
1979-yil 6-aprel | Bardufoss | 20 km yakkalik | Biatlon boʻyicha Jahon kubogi |
Manbalar
tahrir- ↑ Panja. „Hunting Trips, Sex and Cash: How Russia Influenced Biathlon’s Leader“ (28-yanvar 2021-yil).
- ↑ „Aleksandr Tikhonov Amnestied by the Court“. lenta.ru (23-iyul 2007-yil).
- ↑ „Alexander Tikhonov“. IBU Datacenter. International Biathlon Union. 2015-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2015-yil.