Xalqaro biatlonchilar ittifoqi (inglizcha: International Biathlon Union, IBU) — biatlonni ifodalovchi milliy federasiyalar va boshqa tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilotning shtab-kvartirasi Avstriyada, Zalsburg shahrida joylashgan.

Xalqaro biatlonchilar ittifoqi
Ishga tushgan sanasi 1993-yil
Joylashuvi AvstriyaZalsburg
Prezident Shvetsiya Olle Dalin
Aʼzolari 69 aʼzolar
Vebsayti biathlonworld.com
Til(lar)i ingliz

Tarixi tahrir

Xalqaro biatlonchilar ittifoqi 1993-yil 2-iyulda Londonda, biatlonchilarni Xalqaro zamonaviy beshkurash va biatlon ittifoqidan ( fransuzcha: Union de Pentathlon Moderne et Biathlon, UIPMB) chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng tashkil etilgan. 1953 yildan buyon a’zo. Natijada biatlonchilar o‘zlarining xalqaro federasiyasiga asos soldilar. Dastavval bunga zamonaviy beshkurash va biatlon bo‘yicha xalqaro ittifoqning a’zosi bo‘lgan 57 milliy tashkilot kiritilgan. UIPMBdan so‘nggi ajralib chiqish 1998-yil iyun sanasida IBU III Kongressida ma’lum bo‘ldi. 1998-yil avgust oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro biatlonchilar ittifoqini olimpiya sport turlarining mustaqil xalqaro federasiyasi sifatida tan oldi.

Xalqaro biatlonchilar ittifoqining shtab-kvartirasi 1993-yil 12-dekabrda ochilgan va shu vaqtdan beri Avstriyaning Zalsburg shahrida joylashgan (1999-yilda Avstriya qonunchiligi talablariga muvofiq xalqaro tashkilotning shtab-kvartirasi sifatida rasman ro‘yxatga olingan).

Tuzilmasi tahrir

Xalqaro biatlonchilar ittifoqi o‘z faoliyatida 1993-yilda ta’sis kongressida qabul qilingan IBU Konstitusiyasiga (inglizcha: IBU Constitution) amal qiladi. 2014-yilda Xalqaro biatlonchilar ittifoqining XI Kongressida Konstitusiya sezilarli darajada qayta ko‘rib chiqildi.

Xalqaro biatlonchilar ittifoqining oliy va qonun chiqaruvchi organi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Kongressdir (agar kerak bo‘lsa, navbatdan tashqari Kongress chaqirilishi mumkin). Kongress Xalqaro biatlonchilar ittifoqi Konstitusiyasini, Intizom qoidalarini, tadbirlar va musobaqalar va boshqa XBI qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qullaydi; tashkilotga to‘liq a’zolik to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; jahon chempionati va navbatdagi Kongress o‘tkaziladigan joylarni belgilaydi. Har 4 yilda bir marta (Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotganda) Ijroiya qo‘mitasi, Texnik qo‘mita va auditorlarning ovoz beruvchi a’zolarini ham saylaydi.

Kongresslar o‘rtasidagi muddatda Ijroiya qo‘mitasi (inglizcha: IBU Executive Board), yiliga kamida ikki marta yig‘iladigan Xalqaro biatlonchilar ittifoqi faoliyati uchun mas’uldir, shuningdek, lozim topilganda, muayyan qarorlar qabul qiladi. U musobaqalar taqvimini belgilaydi, tashkilot Kongressining mutlaq vakolatiga kirmaydigan kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Ijroiya qo‘mitasi 10 ta a’zodan tarkib topadi: Prezident, Birinchi vise-prezident (prezident o‘rinbosari) va 7 ta XBI faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha vise-prezidentlar, shuningdek, Bosh kotib tashkilotning joriy boshqaruvini amalga oshirsa ham, lekin Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas.


Xalqaro biatlonchilar ittifoqining rasmiy ingliz tilida faoliyat olib boradi. Kongressda rasman ingliz, nemis va rus tillarida muloqot olib boriladi. Ushbu tillar XBI ishchi organlari, qo‘mitalari va boshqa ma’muriy bo‘linmalarida tanlanishi mumkin.

Milliy federasiyalar - IBU a'zolari tahrir

IBU tarkibida 69 ta milliy federatsiyalar mavjud [1] .

Страна Федерация
1   Andorra Federació Andorrana d’Esquí
2   Argentina Federación Argentina de Biathlón
3   Armaniston Armenian Biathlon Federation
4   Avstraliya Australian Biathlon Association Inc
5   Belgiya Belgium Biathlon
6   Belarus Белорусская Федерация Биатлона
7   Bosniya va Gertsogovina Skijaški Savez Bosne i Hercegovine
8   Braziliya Confederação Brasileira de Desportos na Neve
9   Bolgariya Българска федерация по биатлон
10   Chili Federación Chilena de Biathlón
11   Xitoy Chinese Biathlon Association
12   Chexiya Český svaz biatlonu
13   Daniya Danmarks Skiforbund
14   Germaniya Deutscher Skiverband
15   Estoniya Eesti Laskesuusatamise Föderatsioon
16   Finlandiya Suomen Ampumahiihtoliitto
17   Fransiya Fédération Française de Ski
18   Gruziya National Biathlon Federation of Georgia
19   Gretsiya Hellenic Ski Federation
20   Grenlandiya Greenland Biathlon Federation
21   Birlashgan Qirollik The British Biathlon Union
22   Hindiston Indian Biathlon Association
23   Eron I.R.Iran Ski Federation
24   Irlandiya Snowsports Association of Ireland
25   Italiya Federazione Italiana Sport Invernali
26   Yaponiya Japan Biathlon Federation
27   Qozogʻiston Казахстанская Федерация Биатлона
28   Keniya Biathlon Federation of Kenya via NOC Kenya
29   Qirgʻiziston Biathlon Federation of the Kyrgyz Republic
30   Xorvatiya Hrvatski biatlonski savez
31   Latviya Latvijas Biatlona federācija
32   Lixtenshteyn Liechtensteiner Skiverband
33   Litva Lietuvos biatlono federacija
34   Shimoliy Makedoniya Скијачка федерација на Македонија
35   Moldova Biathlon Federation of the Republic of Moldova
36   Mongoliya Mongolian Biathlon Association
37   Yangi Zelandiya Biathlon New Zealand
38   Niderlandiya Nederlandse Ski Vereniging
39   Norvegiya Norges Skiskytterforbund
40   Avstriya Österreichischer Skiverband
41   Polsha Polski Związek Biathlonu
42   Portugaliya Federação Portuguesa do Pentatlo Moderno
43   Ruminiya Federaţia Română de Schi Biatlon
44   Rossiya (vaqtinchalik a'zo)[2] Союз биатлонистов России
45   Shvetsiya Svenska Skidskytteförbundet
46   Shveysariya Swiss-Ski
47   Serbiya Биатлон Савез Србије
48   Slovakiya Slovenský zväz biatlonu
49   Sloveniya Smučarska Zveza Slovenije
50   Ispaniya Real Federación Española Deportes de Invierno
51   Koreya Respublikasi Korea Biathlon Union
52   Tayvan Chinese Taipei Modern Pentathlon and Biathlon Association
53   Turkiya Turkish Ski Federation
54   Ukraina Федерація біатлону України
55   Vengriya Magyar Sí Szövetség
56   AQSh United States Biathlon Association
57   Oʻzbekiston The Republican Center of Technical Sports of Uzbekistan
58   Kipr Cyprus Biathlon Federation
59   Kanada Biathlon Canada
60   Nigeriya Biathlon Federation of Nigeria
61   Puerto-Riko Biathlon Federation of Puerto Rico Via Comite Olimpico de Puerte Rico
62   Kosta Rika Costa Rica Ski Association
63   Jazoir Federation Algerienne de Ski et sports de Montagne
64   Dominikan Respublikasi Federation Dominican Republic
65   Livan Federation Libanaise de Ski
66   Monako Fédération Monéqasque de Ski
67   Marokash Fédération Royale Marocaine de Ski et Montagne
68   Guam Guam Biathlon, Triathlon and Modern Pentathlon Association
69   Amerika Virgin Orollari Virgin Islands Modern Pentathlon Plantation Manor

Manbalar tahrir

  1. „IBU Member Federations“. 2015-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-yanvar.
  2. „Международный союз биатлонистов отказался восстановить Россию в правах“. 2018-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.

Havolar tahrir