Alexandria (Louisiana)
Alexandria (talaffuzi: Aleksandriya) — AQShning Louisiana shtatidagi toʻqqizinchi yirik shahardir[1]. 2010-yilda shahar aholi soni 47 723 kishini tashkil etgan, bu 2000-yildagi aholini roʻyxatga olishdan 3 foizga koʻpdir[2].
Alexandria | |
---|---|
Shahar | |
31°18′40.5″N 92°26′42.7″W / 31.311250°N 92.445194°W | |
Mamlakat | AQSh |
Hukumat | |
• Mayor | Jeff Hall |
Asos solingan | 1818-yil |
Maydon | 75.58 km2 (29.18 kv mi) |
Aholisi (2020) |
45 275 |
Zichligi | 613.56 kishi/km2 |
Telefon kodi | 318 |
Pochta indeks(lar)i | 71301-03, 06–07, 09, 11, 15 |
|
Geografiyasi va iqlimi
tahrirAlexandria shahri 31°17′34″N 92°27′33″W / 31.29278°N 92.45917°W [3] koordinatalarda va dengiz sathidan 75 fut (22.9 m) balandlikda joylashgan[4].
Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, shaharning umumiy maydoni 27.0 kvadrat milya (69.9 km2) tashkil qiladi, shundan 26,4 kvadrat milya (68,4 km2) quruqlik va 0,6 kvadrat milya (1,5 km2) yoki 2,15% suvdan iborat.
Alexandria iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 31 | 31 | 34 | 37 | 37 | 41 | 43 | 42 | 43 | 37 | 33 | 29 | 43 |
Mutlaq minimal, °C | −16 | −16 | −6 | −1 | 3 | 10 | 14 | 13 | 4 | −3 | −7 | −14 | −16 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 156 | 130 | 132 | 138 | 116 | 134 | 116 | 109 | 101 | 124 | 138 | 152 | 1 547 |
Demografiyasi
tahrirAholi o‘sish tarixi | |||
---|---|---|---|
Yil | Aholi | %± | |
1840 | 814 | — | |
1850 | 672 | −174% | |
1860 | 1 461 | 1 174% | |
1870 | 1 218 | −166% | |
1880 | 1 800 | 478% | |
1890 | 2 861 | 589% | |
1900 | 5 648 | 974% | |
1910 | 11 213 | 985% | |
1920 | 17 510 | 562% | |
1930 | 23 025 | 315% | |
1940 | 27 066 | 176% | |
1950 | 34 913 | 290% | |
1960 | 40 279 | 154% | |
1970 | 41 811 | 38% | |
1980 | 51 648 | 235% | |
1990 | 49 188 | −48% | |
2000 | 46 342 | −58% | |
2010 | 47 723 | 30% | |
2020 | 45 275 | −51% | |
AQSh aholisini ro'yxatga olish |
Irqlar | Soni | Foiz |
---|---|---|
Oq tanli (ispan emas) | 16 537 | 36,53% |
Qora yoki afro-amerikalik (ispan boʻlmagan) | 24 745 | 54,65% |
Tugʻma amerikalik | 156 | 0,34% |
osiyolik | 977 | 2,16% |
Tinch okeani oroli | 14 | 0,03% |
Boshqa/aralash | 1571 | 3,47% |
Ispan yoki lotin | 1275 | 2,82% |
2010-yildagi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra[6], shaharda 47 723 kishi, 17 816 xonadon va 11 722 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1754,6 nafar kishi toʻgʻri keladi. Shaharning irqiy tarkibi 38,32% oq tanli, 57,25% qora tanli, 1,25% tubjoy amerikaliklar, 1,85% osiyoliklar, 0,14% Tinch okeani orollari, 1,03% boshqa irqlardan va 1,09% ikki yoki undan ortiq irqlardan. Aholining 6,98 foizi ispan yoki lotin millatiga mansub[7].
Shaharda 17 816 ta uy xoʻjaliklari boʻlib, ulardan 31,9% 18 yoshgacha boʻlgan bolalari bor, 38,5% er-xotinlar, 23,2% eri boʻlmagan ayollar, 34,2% oilasizlar edi. Barcha uy xoʻjaliklarining 30,4 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 12,1 foizida esa 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydiganlar bor.
Shahar aholisi yosh taqsimotiga koʻra, 28,1% 18 yoshgacha, 9,2% 18 yoshdan 24 yoshgacha, 26,2% 25 yoshdan 44 yoshgacha, 21,4% 45 yoshdan 64 yoshgacha, 15,1% 65 yosh yoki yoshi kattaroqdir. Aholining oʻrtacha yosh 36 yosh. Har 100 ayolga 83,5 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 77,7 erkak toʻgʻri keladi.
Shahardagi uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 26 097 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 31 978 dollarni tashkil etdi. Erkaklar oʻrtacha daromadi 29 456 dollarni, ayollarniki esa 20 154 dollarni tashkil qilgan. Shaharning aholi jon boshiga daromadi 16 242 dollarni tashkil etdi. Oilalarning qariyb 23,2 foizi va aholining 27,4 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan, shu jumladan 18 yoshgacha boʻlganlarning 37,7 foizi va 65 yoshdan oshganlarning 18,5 foizi qashshoq hisoblanadi.
Galereya
tahrir-
Alexandria yaqidagi Qizil daryoning manzarali koʻrinishi
-
Alexandriadagi Uchinchi koʻcha
-
Rojdestvo ibodatxonasi
-
Alexandriadagi Louisiana shtati idorasi binosi
-
Sobiq moliya instituti binosi
-
Alexandriadagi Chase Bank sobiq Rapides Banki
-
Alexandriadagi Rapides cherkovi sud binosining pastki koʻrinishi
Manbalar
tahrir- ↑ „Find a County“. National Association of Counties. 2011-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ „2010 Census“. quickfacts.census.gov. 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-aprel.
- ↑ „US Gazetteer files: 2010, 2000, and 1990“. United States Census Bureau (2011-yil 12-fevral). Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
- ↑ „US Board on Geographic Names“. United States Geological Survey (2007-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
- ↑ „Explore Census Data“. data.census.gov. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
- ↑ „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
- ↑ „2010 Census Interactive Population Search“. 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-dekabr.