Alexei Fedorov (ruscha: Алексей Дмитриевич Фёдоров, Aleksey Dimitriyevich Fyodorov, belaruscha: Аляксей Фёдараў, Aliaksey Fyodarau; 1972-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — belaruslik shaxmatchi. FIDE tomonidan 1992-yilda xalqaro shaxmat ustasi va 1995-yilda grossmeyster unvonlari bilan taqdirlangan[1].

Alexei Fedorov Mogilyov shahrida tugʻilgan, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin qisqa muddat Rossiya terma jamoasida, 1993-yildan esa Belarus shaxmat federatsiyasida oʻynagan.

Fedorov 1993, 1995, 2005 va 2008-yillarda shaxmat boʻyicha Belarus chempionatida gʻolib chiqdi va yettita shaxmat olimpiadasida qatnashdi (1994, 1998, 2000, 2002, 2004, 2006 va 2008-yillar) (+25=32 % koʻrsatkich)[2]. Fedorov 1999, 2000 va 2002-yillarda FIDE jahon shaxmat chempionatida ishtirok etgan. 1999-yilda u toʻrtinchi raundda qaqshatqich magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, 2000 va 2002-yillarda u birinchi raunddayoq magʻlub boʻlgan.

Turnirlardagi natijalari

tahrir

2001-yilda Korus shaxmat turnirida qatnashgan. Ammo turnirda Garri Kasparov gʻalaba qozondi, Fedorov esa 10-oʻrinni oldi[3].

2003-yilda Aeroflot Openda birinchi boʻlib (tay-brek boʻyicha uchinchi oʻrin) Viktor Bologan bilan uchinchi oʻrini boʻlishdi.

Birinchi marta 2006-yilda Parsvnath xalqaro ochiq shaxmat turnirida (10 balldan 9 ball bilan) yuqori oʻrinni egaladi[4].

2013-yilda Cappelle-la-Grande Open turnirida birinchi marta ishtirok etib, Sanan Sjugirov, Parimarjan Negi, Maksim Rodshteyn, Sergey Fedorchuk, Erik Xansen, Vlad-Kristian Jianudan keyin yettinchi oʻrini Yuriy Vovk bilan boʻlishdi.

Birinchi marta Toshkentdagi Georgiy Agzamov memorialida 2019-yil[5].

Manbalar

tahrir