Georgiy Tojiyevich A’zamov (1954.6.9, Olmaliq shahri - 1986.27.8, Sevastopol shahri yaqinida) – shaxmatchi. Birinchi oʻzbek xalqaro grossmeysteri (1984). Sobiq Ittifoq chempionatlari ishtirokchisi (1981, 1983, 1985), ikki karra Oʻzbekiston chempioni (1976, 1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fiz-kultura va sport xodimi (1984). Jahon birinchiligi mintaqaviy turniri (Yerevan, 1982)da 7–8-oʻrinlarni egallagan. Koʻplab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. Oʻzbekistonda A. xotira-siga bagʻishlab an’anaviy turnir oʻtkazib turiladi.Ad.: Muhiddinov M., A’zamovlar su-lolasi, T., 1984.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil