Alfa-spektrometrlar — radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini oʻlchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit A.-s.) yoki ularning ionlovchi taʼsirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (na-fis strukturasi)ni oʻrganish yadro fi-zikasida katta ahamiyatga ega. Spektrlar yadroning energetik sathlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Odatda, mahsul yadroning energetik sathlari bir-biriga yaqin boʻladi. Masalan, Ra226 yadrosining ik-kinchi va uchinchi uygʻongan holati ener-giyalari farqi 20-43 keV. Shuning uchun a-spektrometrlarning energetik sathlar bir-biriga yaqin boʻlgan guruhlarini aj-rata olish qobiliyati katta boʻlishi ke-rak. Hozirgi zamon magnit a-spektrometri energetik sathlar farqi 0,07% boʻlgan chiziqlarni ajrata oladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil