Alfred Ajdarević (20-iyun 1998-yilda tugʻilgan) – kosovolik professional futbolchi, Albaniyaning „Vllazniya“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Alfred Ajdarević
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-iyun 1998-yil (1998-06-20) (26 yosh)
Tavallud joyi Shvetsiya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vllaznia
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000 Rinia IF
0000–2016 Falkenbergs FF
2016 Örebro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2021 Örebro 5 (0)
2019IFK Värnamo (ijara) 18 (1)
2020IK Frej (ijara) 20 (6)
2022–2023 Örebro Syrianska IF 52 (18)
2024– Vllaznia 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 8-may uchun)

Yoshlik yillari

tahrir

Alfred Shvetsiyada tugʻilgan, serb millatli futbolchi hisoblanadi. Uning ota onasi Serviyada istoqmat qilishgan ammo keyinchalik yaʼni 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan[1]. Albaniya manbalarining taʼkidlashicha, oilaning haqiqiy familiyasi Hajdari boʻlgan, ammo otasi Yugoslaviya chempionatida oʻynagani uchun uni „Ajdarević“ deb oʻzgartirgan[2]. Uning otasi Agim Ajdarevich 1980 va 1990-yillarda Yugoslaviya Birinchi Ligasida ishtirok etadigan FK Spartak Subotica jamoasi aʼzosi boʻlgan va keyinchalik Agim 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtganida, u Falkenbergs FF bilan shartnoma tuzgan. Uning katta akasi Astrit ham otasi kabi Falkenbergs FFning oʻyinchisi boʻlgan va Rinia IF jamoasida ilk faoliyatini boshlagan[3]. Uning boshqa akasi Arben ham futbolchi[4][5].

Klubdagi faoliyati

tahrir

Ilk faoliyati

tahrir

Ajdarević oʻzining yoshlik faoliyatini Rinia IF jamoasida boshlagan, u yerdan Falkenbergs FF jamoasiga koʻchib oʻtgan[6]. Keyin 2016-yil 5-iyulda u akasi Astrit Ajdarevichga qoʻshilgan va Örebro SK bilan shartnoma imzolagan[7].

Örebro

tahrir

U 2016-yil 23-iyulda sobiq jamoasi Falkenbergsga qarshi oʻyin uchun Örebro SK jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan va u yerda butun oʻyin davomida zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan[8]. U professional futboldagi debyutini 2016-yilning 6-noyabr kuni „Elfsborg“ jamoasiga qarshi oʻyinda Mayk Sema oʻrniga 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushish orqali amalga oshirgan[9].

2021-yil 30-iyunda Ajdarević Örebro jamoasini tark etgan[10].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Ajdarević 2017-yilning 18—25-yanvar kunlari Albaniyaning Durres shahrida boʻlib oʻtgan yigʻin uchun murabbiy Alban Bushi tomonidan 21 yoshgacha boʻlgan Albaniya milliy terma jamoasidan ilk xalqaro chaqiruv olgan. 2019-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan Kosovo milliy terma jamoasiga chaqirilgan, ammo oʻyinda maydinga tushirlmasdan zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Offside“ – Article from the sverige football magazine Offside over Ajdarevic by footballinfinland.wordpress.com
  2. „Një ëndërr e bërë realitet, Ajdarevic: Te Shqipëria jo për famë, por për të dhënë gjithçka nga vetja për gjithë shqiptarët“ (Albanian). Albsport (2017-yil 3-noyabr). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-noyabr. „Fjala është për futbollistin nga Kosova, Astrit Hajdari por që u detyrua ta ndërrojnë mbiemrin pasi babai i tij ishte futbollist në ish-Jugosllvai dhe ia bënë Ajdarevic.“.
  3. Historien om Astrit Ajdarevic – Liverpool Football Club – Premier League SvenskaFans.com
  4. „Många sticker ut i vass etta“ (Swedish). Dagens Nyheter (2014-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 13-yanvar.
  5. „Lillebror Ajdarevic till Örebro“ (Swedish). Dagens Nyheter (2016-yil 5-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
  6. Alfred Ajdarevic ÖSK Fotboll
  7. Alfred Ajdarevic skriver långtidskontrakt med ÖSK ÖSK Fotboll
  8. „Falkenberg vs. Örebro - 23 July 2016“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
  9. „Elfsborg vs. Örebro - 6 November 2016“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
  10. Örebro (2021-yil 30-iyun). „ALFRED AJDAREVIC LÄMNAR ÖSK“ (sv). Press-reliz.