Cho Yong-jin (1984-yil 20-noyabrda tugʻilgan), Ali nomi bilan tanilgan janubiy koreyalik musiqiy aktrisa, musiqachi, radio boshlovchisi, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. 2009-yildagi debyutidan soʻng, u birinchi bor KBS dasturining Immortal Songs 2 ishtirokchisi sifatida tan olingan.

ALi (알리)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Cho Yong-jin
20-noyabr 1984
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Janr
Faoliyat yillari 2009-hozirgacha

Faoliyati tahrir

ALi 2009-yilda qoʻshiqchi sifatida debyut qilgan va musiqiy shoularda chiqishlari, xususan, KBS2da Immortal Songs 2 va MBCdagi King of Mask Singer shoularidagi ishtiroki orqali shuhrat qozongan. Hozirda ALI Immortal Songs 2-da ayol ijrochi sifatida eng yuqori ball va eng koʻp gʻalaba qozongan, shuning uchun u „madam of Immortal Songs“ (oʻzbekcha: Oʻlmas qoʻshiqlar honimi) nomi bilan mashhur. U, shuningdek, Seul texnik sanʼat kollejida amaliy musiqa sanʼati professori boʻlib ishlagan. Professor sifatida ALI BtoB aʼzolari Changsub va Hyunsikka dars bergan.

ALi oʻzining birinchi albomi SOULrini 2011-yil dekabr oyida rasmiy debyutidan ikki yil oʻtib ommaga havola qilgan. Chiqarilgan qoʻshiqlaridan biri „Na Young“ darhol munozaralarga sabab boʻlgan, chunki u Janubiy Koreyadagi jinsiy zoʻravonlik ishlari haqidadir. Koʻpchilik qoralovchilar qoʻshiq matni mavzusiga befarq boʻlgani uchun uni tanqid qilishgan. Keyinchalik ALI bu bahsga murojaat qilib, uning oʻzi jinsiy zoʻravonlikdan bazoʻr omon qolganini aytgan. Albomi chiqqandan soʻng u oʻzining birinchi mustaqil kontsertini oʻtkazgan. U, shuningdek, „Balerino“ va „I’m Laughing“ kabi bir nechta Leessang qoʻshiqlarida vokalchi boʻlgan. Shuningdek, u koreys dramalari uchun bir nechta soundtacklarni ijro qilgan.

Yaqinda Ali oʻzining musiqiy debyutini „Rebekka“ musiqiy asarining koreyscha ijrosida qilgan va oʻzining leyblida va radiostansiyasida ishlay boshlagan.

Diskografiyasi tahrir

Singllari tahrir

Sarlavha Yil Peak chart Albom
KOR
[1]
"365 Days" (365일) 2009 43 After The Love Has Gone
"Hey Mr." (Hey 미스터) 2010 81 -
"The Unwritten Legend" (전설속의 누군가처럼) 95 20th Anniversary Shin Seung Hun
"I Tried Everything" (별 짓 다해봤는데) 2011 23
"Rice Bowl" (밥그릇) 89
"If I Confess, You’ll be Surprised" (내가 고백을 하면 깜짝 놀랄거야) 75
"I’ll Be Damned" (뭐 이런게 다 있어) 11 Soul-Ri: A Village With Soul
"Donʼt Act Countrified" (촌스럽게 굴지마) 4
"Selfish" (이기적이야) 2013 33 Eraser
"Eraser" (지우개) 11
"Rainy Gomoryeong" (비 내리는 고모령) 88 -
"Do You Remember?" (그땐 그랬지) 25 Shaking Heart
"I Love You" 8 -
"Because of Me" (나 때문에) 2014 14
"Tears Keep Falling" (자꾸 눈물이 납니다) 33
"What Is Luv" 54
"Let Me Say First" (여자가 먼저) 69
"Song Canʼt Lie" (노래는 거짓말을 못해요) 90 Turning Point
"Pung Pung" (펑펑) 22
"As If Nothing Happened" (아무일 없었다는 듯) 14
"Goodbye Mr. Kim" (잘가요 Mr. Kim) 2015
"Heavenʼs Song" The Message Part 2
"Shining Is Blue" White Hole
"I, Me" (내가, 나에게)
"Say Say Say"
"Poom" (품) 2016
"Suddenly" (또 생각이 나서) 22
"Winter Wonderland"
"You Are Not Here" (너만 없다) 2017 95
"Cherry Blossom Road" (벚꽃 길)
"Donʼt Speak"
"For Less Than a Month" (한 달을 못 가서)
"No Way" (말이 되니) Expand
"Only You" (너만) 2018
"Proposal" (청혼)
"It Was You" (너였나 봐)
"Love Did Not End Yet" (사랑은 아직도 끝나지 않았네) 2019
"On My Way Back" (회로) 2020
"—" oʻsha hududda chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan relizlarni bildiradi.

Filmografiyasi tahrir

Telekoʻrsatuvlarda tahrir

Yil Sarlavha Izohlar
2011-2015 Immortal Songs 2 Musobaqa ishtirokchisi
2014 Mnet 100 Second War Musobaqa ishtirokchisi
2016 King of Mask Singer Musobaqa ishtirokchisi (Epizod: 79-80, 82, 84, 86)
2022 Goal Girls Mavsum: 2[2]

Manbalar tahrir

  1. „Gaon Digital Chart“ (ko). Gaon Music Chart.
  2. Choi Hee-jae. „[단독 박기영X알리, '골때녀' 출연…신생팀 'FC 발라드림' 합류“] (ko). X-ports News (18-iyul 2022-yil). Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.