Radiostansiya (radio... va stansiya) — axborotlarni radiotoʻlqinlar yordamida uzatish yoki qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar va apparatlar majmui. R.da radiouzatkich, radiopriyomnik, antennalar, tok manbai va sovitish qurilmalari, kabel yoki havo liniyalari, boshqarish punktlari va boshqa boʻladi. Uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvch iuzatuvchi R.lar bor. Uzatuvchi R. radioeshittirish (konsertlar, spektakllar va boshqalarni bir tomonlama uzatish uchun), televizion (televideniye dasturlarini uzatish uchun), magistral radioaloka (telegraf va telefon apparatlari yordamida radioaloka oʻrnatish uchun) hamda maxsus (radionavigatsiya, radioastronomiya va boshqa uchun) xillari bor. Ultraqisqa, qisqa, oʻrta va uzun toʻlqinlarda ishlaydi. Unda faqat radiouzatkich boʻladi (radiopriyomnik boʻlmaydi). Uzatuvchi televizion R.da ikkita radiouzatkich bor: biri tasvirni, ikkinchisi tovushni uzatadi. Qabul qiluvchi R. uzatuvchi R. signallarini qabul qiladi. Asosiy qismlari: antenna va radiopriyomnik. Muqim (statsionar) va Kuchma xillari bor. Odatda, koʻchma R. radiouzatkich bilan birga ishlatiladi. Qabul qiluvchiuzatuvchi R. ikki tomonlama aloqa qilishga imkon beradi. Asosiy qismlari: antenna, radiouzatkich, radiopriyomnik, tok manbai va qoʻshimcha qurilmalar. Signallarni galmagal uzatadigan va qabul qiladigan (simpleks) hamda bir vaqtda uzatibqabul qiladigan (dupleks) muqim va koʻchma xillari bor. Kuchma R. avtomobil, samolyot, kema va boshqalarga oʻrnatiladi. Muqim R. maxsus binoga joylashtiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil