Ali ardobus (Ibrohimov Ali Fayzullaxo‘jayevich) (1900.15.1, Qizilo‘rda – 1959.9.11, Toshkent) – raqqos va baletmeyster, ak-tyor, pedagog. O‘zbekistonda (1944) va Qoraqalpog‘istonda (1943) xizmat ko‘rsatgan artist. Qizilo‘rda ritmik gim-nastika studiyasini (1917), Xalq Maori-fi Komissarligi qoshidagi Toshkent te-atr studiyasining xoreografiya bo‘limini (1921) tugatgan. Yusufjon qiziq Shakar-jonov, Mahkam hofiz, Orif garmon Tosh-matov, Chervonxon, O‘ktamxon, Qumrixon kabilardan o‘zbek raqs harakatlarini o‘rgandi. 1918 yilning sentabrdan Toshkentdagi Mannon Uyg‘ur rahbarligidagi teatrda ishlay boshlaydi. A. ko‘proq ba-let va raqs bilan shug‘ullandi. 20-yillarda "Latifa", "Yallama yorim", "Qashqarcha", "Ufori Toshkent", "Gul o‘yin", "Zang o‘yin", "Qayroq o‘yin", "Doira o‘yin", "Afg‘oncha" kabi xalq raqslarini o‘zlashtirib, ularning sahna tu-rini yaratdi. A. Dushanba musiqa-teatr studiyasini (1929–30), "Tog‘ burgutlari" raqs studiyasi va etnografik ansamblini (1930–33), Olmaota raqs studiyasini (1934), Uyg‘ur musiqali drama teatrini (1935), O‘zbek filarmoniyasining ashula va raqs ansamblini (1937–41) tashkil etishda faol qatnashdi. 1943–45 yillarda Qoraqalpog‘istonda raqs studiyalari va ansambllar tashkil qilib, milliy xalq o‘yinlari asosida birinchi qoraqalpoq sah-na raqslarini yaratgan. O‘zbekistonda teatr va raqs havaskorligini rivojlan-tirishga katta hissa qo‘shgan. Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda havaskorlar to‘garagi tash-kil qilgan. Sahnalashtirgan eng yaxshi raqslari: "Nog‘ora", "Raqs" "Bayot" kabi yakka, "Uyg‘urcha", "Qoraqalpoqcha", "Samarqandcha to‘y" (syuita), "Urgut beshqarsagi" va boshqa ommaviy raqslar.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil