Ali Buhara Mete (20-fevral, 1983-yil) turkiyalik aktyor, qoʼshiqchi sanʼatkor va ssenariychi.

Ali Buhara Mete
Tavalludi 20-fevral 1983-yil (1983-02-20) (41 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Istanbul Bilgi Üniversitesi Siyaset Bilimi Bölümü
Kasbi Aktyor, ssenarist
Millati turk

Hayoti

tahrir

Ali Buhara Mete 1983-yil 20-fevralda Istanbulda tavallud topgan. Otasining ismi Ömer Lütfi[1]. Mete Istanbul Bilim Universitetining Siyosatshunoslik Fakultetida taʼlim olgan[2]. 2012-2015-yillarda suratga olingan „Qashqirlar makoni“ serialida Milliy Xavfsizlik Tashkilotining boshligʼi Akif rolini serialning 3 mavsumida ijro etgan. 2016-yilda „Posta kutusu“ kino filmida Berk ismli yigit rolida oʼynagan va filmning ssenariysini yozgan[3]. Aynan shu film orqali Kosova Film Festivalida „Eng yaxshi ssenariy“ mukofotini qoʼlga kiritgan. 2017-yilda tele ekranlarda namoyish etilgan „Yarım Kalan“ kino filmida bosh rolda oʼynaydi. Xuddi shu yili „Sevda Kuşun Kanadında“ serialida Mete obrazi bilan tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. 2018-yilda „Direniş Karatay“ filmida Sultan Giyaseddin Keyhüsrev rolida oʼynadi. „Diriliş Ertuğrul“ serialida Mergen obrazini gavdalantirgan Mete keyinchalik, 2019-yil 27-dekabrda ekranlarda mashhur boʼlgan „Şuursuz Aşk“ filmida Nihat Aslan obrazini jonlantirdi.

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film Rol
1995 Ortaklar Ali
2005 Yolun Sonu Tarık
2007 Eşref Saati Mete
2010 Halil İbrahim Sofrası Şener
2011 Bir Kadın Tanıdım Hüseyin
2012-2015 Kurtlar Vadisi Pusu Akif
2016 Posta Kutusu Berk
2017 Yarım Kalan Aram
Sevda Kuşun Kanadında Mete
2018 Direniş Karatay Gıyaseddin Keyhüsrev
2019 Diriliş Ertuğrul Mergen
Şuursuz Aşk Nihat
2020-2021 Payitaht Abdülhamid Manyas
2021 Benim Hayatım Senarist
2022 Yalnız Kurt Mûstakim Pazar
2023 Metamorfoz: Kırılma Bülent Şahin
1973: Biltmore Oteli Cinayeti Av. James Lindsey
2024- Mehmed: Fetihler Sultanı Kara Mustafa


Manbalar

tahrir