Kurtlar Vadisi Pusu
Kurtlar Vadisi Pusu Pana Film tarafidan tayyorlangan, dastlab 2003-yil 15-yanvarda efirga uzatilgan 97 qismdan iborat siyosiy turdagi turk teleserialidir[1].
Kurtlar Vadisi Pusu | |
---|---|
Janri |
jangari dramatik siyosiy |
Rejissyor |
Sadullah Şentürk (1-51, 71-93) Zeynep Günay Tan (52-57, 59-62) Zübeyr Şaşmaz (58, 63-70) Ali Can Gebeş (94-99, 162-171) Selahattin Sancaklı (100-128) Onur Tan (129-161, 172-229) Doğan Ümit Karaca (230-300) |
Ssenariynavis(lar) |
Raci Şaşmaz (2007—2013) Bahadır Özdener (2007—2013) Cüneyt Aysan (2007—2013) Pana Yazım Grubu (2013—2015) Murat Koca (2015—2016) Cahit Kayaoğlu (2015—2016) Selma Hacıosmanoğlu (2015—2016) Ayşegül Hacıosmanoğlu (2016) |
Rollarda |
Necati Şaşmaz (1-300) Gürkan Uygun (1-161) Kenan Çoban (1-229) Erhan Ufak (1-300) Musa Uzunlar (25-93) Cahit Kayaoğlu (77-300) Hakan Boyav (129-232) Gaye Gürsel (196-300) Defne Samyeli (264-300) Ertuğrul Şakar (232-300) |
Qismlar boshidagi musiqa |
Kurtlar Vadisi 2007 - Jenerik (2007—2014) Kurtlar Vadisi 2014 - Jenerik (2014—2016) |
Mamlakat | Turkiya |
Til | Turkcha |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) |
Raci Şaşmaz (2007—2013) Necati Şaşmaz (2013—2016) |
Joy | Istanbul |
Kinematografiya |
Ferhan Akgün Selahattin Sancaklı Vedat Demir Veysel Tekşahin Alper Derli Mustafa Kuşçu |
Qism davomiyligi | 120 daqiqa |
Studiya(lar) | Pana Film |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal |
Show TV (2007—2009) Star TV (2009—2010) TNT (2011—2012) atv (2010—2011, 2012—2014) Kanal D (2014—2016) |
2007-yilning 19-aprelida boshqa nom bilan efirga uzatilgan siyosiy, politik ruhdagi „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialining dastlabki uch fasli Show TVda namoyish etilgan. Serialning 4-mavsumi moliyaviy sabablarga koʻra Star TV orqali efirga uzatilgan. Biroq, payshanba oqshomida efirga uzatiladigan UEFA Yevropa ligasi oʻyinlari bilan serial qismlarining vaqti parallel boʻlib qolganligi sababli, „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialininng 5-mavsumi ATVda namoyish etilgan. Serial 6-mavsumdagi faoliyatini TNTda davom ettirgan. TNT yopilishi munosabati bilan 7 va 8-mavsumlari ATV da namoyish etilgan. Keyinchalik, 9 va 10-fasllari „Kanal D“ telekanali orqali efirga uzatilgan.
Mavzu
tahrirPolat Alemdar oʻziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajaradi va Turkiyada mafiyaning tepasida turgan Kurtlar Konseyi (Qashqirlar kengashi)ni qulatadi. Bu ishi orqali Turkiyadagi mafiya tuzilmasiga barham beradi. Topshiriqni muvaffaqiyatli bajargach, Polat Alemdar Jamoat Xavfsizligi Tashkiloti (KGT) rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi, shuningdek, davlat tarafidan yuklatilgan muhim operatsiyalarni amalga oshirish uchun bir qancha rejalar tuzadi. Ammo, unga berilgan yangi topshiriq avvalgisidan xavfliroq edi.
Terminologiya
tahrirOqsoqollar kengashi (İhtiyarlar Heyeti): Turk davlati tashkil topgan kundan boshlab bugunga qadar faoliyat yuritayotgan sirli tashkilot. Turk davlatining global kuchlarga qarshi mintaqaviy kuchga aylanishi uchun xizmat qiladi.
Oqsoqol (Aksaçlı): U Oqsoqollar Kengashining aʻzosi va aʻzolar orasidan saylanadigan hamda qoʻmitani boshqaradigan shaxsdir. Oxirgi oqsoqol - Hoca hisoblanadi.
Regent (Naip): U oqsoqolning birinchi raqamli odami va yordamchisi. U delegatsiya aʻzosi emas. Oxirgi taniqli regent Abdulhey.
Qizil Kitob (Kırmızı Kitap): Bu Turkiyaning barcha sirlarini oʻz ichiga olgan kitob. Maxfiy qurollar, maxfiy xonalar, strategik tadqiqot markazlari va delegatsiyaga aloqador boʻlgan shuningdek, mamlakat strategiyasini ishlab chiqishda muhim rol oʻynaydigan odamlarning joylashuvlari ushbu kitobga kiritilgan. Qizil kitob Oqsoqollar kengashi himoyasida boʻladi.
Nasabnoma kitobi (Soy Kitabı): Bu delegatsiyaning barcha aʻzolari vafot etgan taqdirda yangi delegatsiyani tuzadigan xususiy shaxslarni oʻz ichiga olgan kitob.
Rasadi qoʻriqchilari (Rasadi Muhafızları): Ular „Nasabnoma kitobi“ning qoʻriqchilari boʻlgan jamoadir. Ularning kimligini va qayerdaligini hech kim bilmaydi. „Nasabnoma“ kitobi zarurat boʻlmasa paydo boʻlmaydi.
Xudo togʻi (Tanrı Dağı): Turklarning eng qadimiy odatiga koʻra, oʻliklar Xudo togʻiga yuboriladi.
Jamoat Xavsizligi Tashkiloti (Kamu Güvenliği Teşkilatı) (KGT) - Aslan Akbey tomonidan asos solingan. Dastlab norasmiy muassasa, keyinchalik rasmiy muassasaga aylangan boʻlsa-da, toʻgʻridan toʻgʻri Oqsoqollar Kengashi tasarrufida hisoblangan.
Kiber xavfsizlik agentligi (Siber Güvenlik Teşkilatı): Tashkilot bevosita Oqsoqollar kengashiga boʻysunadi. Kiber xavfsizlik uchun maʻsul. Kiber xavfsizlik boʻyicha soʻnggi mutaxassis Erdem edi. U vafot etganidan keyin qayta tiklanmagan.
Moliyaviy xavfsizlik agentligi (Finansal Güvenlik Teşkilatı): Bu tashkilot ham Oqsoqollar kengashiga boʻysunadi. Bu global kapital urushlarda mamlakat manfaati uchun ishlaydigan muassasa. Sami Bey ushbu muassasaning oxirgi boshligʻi edi, u vafot etganidan keyin qayta tiklanmagan.
Siyah Sancak: Bu Oqsoqollar kengashiga qarashli jamoa. Bu jamoa Armagedon jamoasiga qarshi kurashadi. Polat Alemdar buyrugʻi bilan Kara tomonidan asos solingan. Biroq, Karaning kutilmagan oʻlimi va Suriyada qolgan jamoa aʻzolari ShEDİD tarafidan oʻldirilgach, jamoa Polatning buyrugʻi bilan Yasin tomonidan qayta tiklanadi va kurashlarini davom ettiradi. Natijada, ShEDIDni magʻlub etishadi. Jamoaning soʻnggi rahbari - Yasin.
Ocaklar:Birinchi jahon urushi boshlanganda Usmonli imperiyasi mudofaasini yaxshiroq qilish uchun markaz boʻlgan Istanbulni mustahkam ushlab, Rumeliya va Arabiston yarim oroli yerlarida yangi davlatlar tuzishgan. Usmonli imperiyasi bu davlatlarda hukmronlik qilishgan. Turkiyaning Anadoludagi istiqlol urushidagi g’alabasida ocaklar katta jonbozlik koʻrsatishgan. Omar Baba vafotidan soʻng ocaklarning Istanbuldagi maxfiy kotibi Suha Tarik Polatga ocaklarning bosh kotibi Omar Baba ekanligini hamda uning maxfiy vasiyatini maʻlum qiladi. Omar Baba oʻzining yashirin vasiyatida ocaklar rahbarligini Polatga berilishini xohlagan. Shunda Polat buni qabul qilib, Ocaklar boshligʻi boʻladi. Ocaklarning oxirgi rahbari Polat Alemdardir.
Qashqirlar kengashi (Kurtlar Konseyi): Bu mafiyalarning eng yuqori kuchi. 1983-yilda Mehmet Karahanli baronligi ostida tashkil etilgan va uning eng taʻsirli yillari 2003—2005-yillar oraligʻida boʻlgan. Kengash 2005-yilda Nizamettin Güvench tomonidan Tapınakçılarning buyrugʻi bilan boshlangan operatsiya natijasida tarqatib yuborilgan. Shundan soʻng, Tapınakçılar Vahap Kuzuzadening oʻgʻli Fehmi Kuzuzadega kengashni qayta tuzishni buyuradilar va Fehmi tez orada kengashni qayta tuzadi. Ushbu kengashdagi barcha aʻzolar Polat Alemdar tomonidan, oxirgi baron Fehmi Kuzuzade esa sobiq KGT aʻzosi Zeynep Oʻgʻuz tomonidan oʻldiriladi.
Milliy xavfsizlik kengashi (Ulusal Güvenlik Müsteşarlığı): Uning boshqa nomi - Jamoat xavfsizligi maslahatchilik kengashi. Bu Iskender Buyuk boshchiligidagi maslahatchilik kengashi hisoblanadi. Iskender sogʻligʻi bilan bogʻliq jiddiy muammolar tufayli ishdan boʻshatilgach, Unsal Kemal maslahatchi etib tayinlanadi va uning oʻlimidan soʻng markazning barcha boʻlinmalari tarqatib yuboriladi.
Gladio: Bu Sovuq urush davrida tashkil etilgan yirik davlat tashkiloti. Turkiyadagi eng faol davr 1960—1980-yillar oraligʻida boʻlgan. Eng muhim vakillar Aron Feller va Bulent Fuat Aras hisoblanadi. Aron Feller Polat Alemdar tomonidan oʻldiriladi.
(Tapınakçılar): Bu dunyoni shakllantirish strategiyalariga ega boʻlgan, global kuchlarning tepasida joylashgan maxfiy va universal tashkilot boʻlib, Dogu Eşrefogʻlu Polat Alemdarga bu tashkilotni Mehmet Karahanlining ortidagi soyalar deb taʻriflagan. Ularning asosiy maqsadi Yaqin Sharqni ichki tartibsizliklarga giriftor qilish va Bolqonda katolik-pravoslav urushini boshlashdan iborat boʻlgan. Ayniqsa, Mematining oʻlimidan soʻng, Oqsoqollar kengashini yoʻq qilishga urinadilar, ammo, Polat Alemdarning aqlli harakatlari ular bilan bogʻliq xavfni bartaraf etadi.
Muqaddas Najotkor (Kutsal Kurtarıcı): Tapınakçılarning ilohiy qutqaruvchisi.
(Yüce Majeste): Ilohiy qutqaruvchi. Oxirgi oliy hazratlari Karun edi.
Aktyorlar va Obrazlar
tahrirBosh rollar
tahrirAktyorlar | Obrazlar | Aloqadorlik |
---|---|---|
Necati Şaşmaz | Polat Alemdar | Serialning bosh qahramoni. |
Gürkan Uygun | Memati Baş | Polat Alemdarning odamlari |
Kenan Çoban | Abdülhey Çoban | |
Erhan Ufak | Güllü Erhan | |
Cahit Kayaoğlu | Cahit Kaya | |
Gaye Gürsel | Safiye Karahanlı | Mehmet Karahanlıning qizi va Polat Alemdarning singlisi. |
Hakan Boyav | Kara | Polat Alemdar bilan hamkorlik qiladi. |
Çiğdem Batur | Leyla Türkmen | Savcı va Polat Alemdarning doʻsti |
Hatice Şendil | Ebru Duru | Polat Alemdarning birinchi xotini |
Osman Wöber | Tuncay Kantarcı | Polat Alemdarning shifoxonasi direktori. |
Sönmez Atasoy | Halo Dayı | Sobiq giyohvand moddalar sotuvchisi. |
Halil İbrahim Kalaycıoğlu | Zülfikar Ağa | Turkiyadagi alaviylik mazhabining himoyachisi. |
Ali Sürmeli | Şeref Zazaoğlu/Zaza Dayı | Mafiya boshligʻi |
Ali Buhara Mete | Akif Deveci | KGT agenti. |
Ertuğrul Şakar | Yasin | Qora bayroq jamoasi komandiri. |
Burak Sevinç | Timur | Qora bayroq jamoasi komandiri. |
Görkem Sevindik | Pusat Çakır | Süleyman Çakırning oʻgʻli |
Musa Uzunlar | İskender Büyük | Armiyadan boʻshatilgan askar. |
Can Gürzap | Davut Tataroğlu | Tataroğlu Holding boshligʻi |
Sema Şimşek | İnci Tataroğlu | Davut Tataroğluning qizi |
Hüseyin Avni Danyal | Yalçın Bulut | Davut Tataroğluning odami |
Zafer Algöz | Yalçın Yıldız | Davut Tataroğluning odami |
Tarkan Tüzmen | Alper Özgenç | Razvedka agenti. |
Mesut Akusta | Ünsal Kemal Alnıaçık | Razvedka agenti. |
Ümit Acar | Ersoy Ulubey | Razvedka agenti. |
Recep Cinisli | Mete Ağır | Razvedka agenti. |
İbrahim Gündoğan | Mete Aymar | Razvedka agenti. |
Defne Samyeli | Zeynep Oğuz/Asya Tuna | Koruma shirkati boshligʻi |
Levent Can | Fehmi Kuzuzade | Yusuf va Kenanning bobosi. |
Yılmaz Meydaneri | Hakkı Bafralı | Turan Kaçgarning odami. |
Doğuhan Güney | Yusuf Kuzuzade | Fehmi Kuzuzadening oʻgʻli. |
Mauro Martino | Kârûn | U Templar va Oliy Hazratidir. |
Ertan Saban | Gölge | Templar va Dark River otryadining qoʻmondoni. |
Orhan Edip Ertürk | Tilki Andrei | KGB agenti. |
Osman Soykut | Aron Feller | Markaziy razvedka boshqarmasining Istanbuldagi vakili. |
Gülçin Çakır | Lale Zara Aynacı | Tashkilotning yetakchi aʼzolaridan biri |
Mustafa Üstündağ | Muro | Istanbuldagi tashkilot rahbari. |
Şekip Taşpınar | Cevat Akarsu | Cavit Akarsuning ukasi. |
Bozkurt Kuruç | Ahmet Kudret Hazarbeyoğlu | Hazarbeyoğlu Holding boshligʻi |
Neco | Mehmet Fikret Hazarbeyoğlu | Ahmet Kudret Hazarbeyoğluning doʻsti |
Selçuk Özer | Turan Kaçgar | Kaçgar Holding boshligʻi |
Ecder Akışık | Celal Karacadağ | Karacadağ Holding boshligʻi |
Nefise Karatay | Ahu Toros | Toros Holding boshligʻi |
Efir taqvimi
tahrirMavsum | Efir kuni va vaqti | Mavsum boshlanishi | Mavsum finali | olingan epizod raqam |
Boʻlim diapazoni | Nashr qilingan yili | TV kanali |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1-mavsum | Payshanba 20:00 | 2007-yil 19-aprel | 2007-yil 14-iyun | 9 | 1-9 | 2007-yil | Show TV |
2-mavsum | 2007-yil 20-sentyabr | 2008-yil 5-iyun | 32 | 10-41 | 2007—2008-yillar | ||
3-mavsum | 2008-yil 9-oktyabr | 2009-yil 11-iyun | 22 | 42-63 | 2008—2009-yillar | ||
4-mavsum | 2009-yil 24-sentyabr | 2010-yil 3-iyun | 30 | 64-93 | 2009—2010-yillar | Star TV | |
5-mavsum | 2010-yil 23-sentyabr | 2011-yil 9-iyun | 35 | 94-128 | 2010—2011-yillar | atv | |
6-mavsum | 2011-yil 22-sentyabr | 2012-yil 7-iyun | 33 | 129-161 | 2011—2012-yillar | TNT | |
7-mavsum | 2012-yil 13-sentyabr | 2013-yil 6-iyun | 34 | 162-195 | 2012—2013-yillar | atv | |
8-mavsum | 2013-yil 12-sentyabr | 2014-yil 12-iyun | 196-229 | 2013—2014-yillar | |||
9-mavsum | 2014-yil 18-sentyabr | 2015-yil 11-iyun | 230-263 | 2014—2015-yillar | Kanal D | ||
10-mavsum | 2015-yil 17-sentyabr | 2016-yil 16-iyun | 37 | 264-300 | 2015—2016-yillar |
Reytinglar
tahrirSerialning reytingi asosan yuqori boʻlgan. Birinchi fasllarda, aksariyat epizodlar 13-14 atrofida boʻlsa, u koʻpincha 15-16-oʻrinlarni egalladi. Televizorda eng koʻp tomosha qilingan epizod 19 va 20-reytinglari bilan 48-qism hisoblanadi. Ammo, 6-mavsum, ayniqsa TNTda, past koʻrsatkich qayd etgan. Kanal D ga oʻtgandan soʻng efirga uzatilgan 9 va 10-mavsumlarda reytinglar oʻrtacha boʻlgan, lekin, avvalgi fasllardan pastroq edi. Serialning oxirgi 10-qismida jiddiy pasayish kuzatildi va yakuniy qism hisoblangan 300-qismida esa 4,11 ball bilan Qashqirlar makoni tarixidagi eng past reytingni oldi.
Sharhlar
tahrirSerial baʼzi sobiq davlat amaldorlarining qanday boʻlganligini, ularning davlatni qanday boshqarganligini koʻrsatib bergan. Bu sahnalar quyidagi qahramonlar timsolida taʻsvirlab berilgan: Palaska Zafer (Muzaffer Tekin[2]), Kazim Kaşifogʻlu (Kaşif Kozinoğlu[3]), Mete Aymar (Mehmet Eymür[4]). Boshqa tomondan, serial oʻtmishdoshi „Kurtlar Vadisi“ dizisining muvaffaqiyatidan foydalanib, omma nazarida turli yoʻnalishlarni yaratishga harakat qilayotganligi ham daʼvo qilingan. Garchi prodyuserlar idrok daʼvolarini inkor etsalar-da, vaqti-vaqti bilan serialda turli allegoriyalarni koʻrish mumkin[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Necati Şaşmaz, 'Kurtlar Vadisi'nin yeniden başlayacağını duyurdu!“. milliyet.com.tr. Qaraldi: 15 kasım 2022.
- ↑ „Muzaffer Tekin'den şok ifade: Kurtlar Vadisi ile Ergenokon iddianamesi örtüşüyor“. Milliyet (14 kasım 2008). 16 nisan 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 eylül 2020.
- ↑ „Kurtlar Vadisi Kurtlandı“. Habertürk (17 ağustos 2016). Qaraldi: 25 eylül 2020.
- ↑ „Eski MİT’çi Mehmet Eymür’den Kurtlar Vadisi eleştirisi“. Ensonhaber (24 ocak 2007). Qaraldi: 25 eylül 2020.
- ↑ „Kurtlar Vadisi hangi derin devletmiş, açıklıyorum!“. Ensonhaber (3 nisan 2020). 3 mayıs 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 eylül 2020.